Berdiev Kabul Raimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Mahalliy xom ashyo asosida qurilish konstruksiyalari va materiallarining olovbardoshligi va issiqlikdan himoyalash darajasini oshirish muammolari”, 05.10.02 – “Favqulodda holatlarda xavfsizlik. Yong‘in, sanoat, yadro va radiatsiya xavfsizligi” ixtisosligi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1750.
Ilmiy rahbar: Madjidov Inom Urishevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish instituti, DSs.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar: Baxodirov Azizbek Abdulazizovich texnika fanlari doktori, professor; Qosimov To‘rabek Kasimovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mahalliy mineral xom ashyolar asosida qurilish konstruksiyalari va materiallarining olovbardoshligi hamda ularni issiqlikdan himoyalashni oshirish uchun lok-bo‘yoq materiallarining yangi tarkiblari va ularni tayyorlash texnologiyalarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori dispersli olov va issiqdan himoyalovchi tarkiblarni ishlab chiqishda vollastonit, vermikulit minerallari va natriyli silikatlarga ul`tratovushli ishlov berish imkoniyati asoslangan;
vollastonit va vermikulit minerallari hamda natriyli silikatlarga ul`tratovushli ishlov berish orqali olov va issiqdan izolyasiyalovchi xossalarga ega yuqori dispersli tarkiblar ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan tarkiblarning harorat ta’sirida qavariqlanishi hisobiga metall konstruksiyalarning kritik harorati (500 0S) darajaga etishiga erishilgan;
yuqori dispersli mineral komponentlar asosida olov va issiqdan himoyalovchi silikat bo‘yoq mahsulotini ishlab chiqish texnologiyasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Mahalliy xom ashyo asosida qurilish konstruksiyalari va materiallarining olovbardoshligi va issiqlikdan himoyalash darajasini oshirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mahalliy xom ashyolar – vermikulit, vollastonit, dolomit minerallari, natriyli suyuq shisha va boshqa qo‘shimchalar asosida olingan yangi turdagi harorat ta’sirida qavariqlanuvchi lok-bo‘yoq materiallarining tarkiblari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 10 martdagi 01/2-13-004/2553-son ma’lumotnomasi). Natijada yog‘och va metall konstruksiyalarning termikbardoshligini 40-45% gacha oshirish, yog‘och va temir konstruksiyalarining korroziyaga bardoshligini 10% ga, erroziyaga qarshi himoyalanishini 10-13% gacha yaxshilash imkoniyatini bergan;
mahalliy xom ashyolar – vermikulit, vollastonit, dolomit minerallari, natriyli suyuq shisha va boshqa qo‘shimchalar asosida olingan yangi turdagi harorat ta’sirida qavariqlanuvchi lok-bo‘yoq materiallarining tarkiblari O‘zsanoatqurilishmateriallari uyushmasida joriy qilingan (O‘zsanoatquri-lishmateriallari uyushmasining 2021 yil 23 martdagi 05/15-783-son ma’lumotnomasi). Natijada yog‘och konstruksiyalarning olovbardashligini 700-750 0Sgacha hamda metall konstruksiyalarnikini esa 1000-1450 0S haroratgacha oshirish imkoniyatini bergan.