Esanov Nuriddin Qurbonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suyuqlik bilan aloqada bo‘lgan egri chiziqli quvurlarning chiziqli tebranish xususiyatlari (Osobennosti lineynie kolebaniya krivolineynix trub k vzaimodeystvuyushhix s jidkost`yu)», 01.02.04 – Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/FM313
Ilmiy rahbar: Safarov Ismoil Ibroximovich fizika-matematika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/27.02.2021.FM.101.02
Rasmiy opponentlar: Mardonov Botir Mardonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ismayilov Kubaymurat, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan egri chiziqli fazoviy sterjenning qovushoq-elastik xususiyatlarini hisobga olib, uning erkin va majburiy tebranishlari masalalarini o‘rganish (kompleks chastota va tebranish formasini aniqlash) uchun metodika va algoritm ishlab chiqish hamda sonli natijalar olib, uni tahlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
egri chiziqli quvurlar (sterjenlar)ning erkin va majburiy garmonik tebranishlari masalalarini materiallarning qovushoq-elastik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan egri chiziqli sterjenning erkin va majburiy tebranishlari masalalarini, materiallarning qovushoq-elastik xususiyatlarini hisobga olgan holda, matematik qo‘yilishi, echish metodikasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
egri chiziqli qovushoq-elastik quvur (sterjen)larning erkin va majburiy tebranishlarida kompleks chastotalari aniqlangan va sterjen o‘qining egriligiga nisbatan o‘zgarishiga baho berilgan, mavjud tajriba natijalari bilan solishtirilgan;
egri chiziqli qovushoq-elastik quvur (sterjen)larning majburiy turg‘un tebranishlarining ko‘chishlar va kuchlar (bo‘ylama va ko‘ndalang) amplitudasi va chastotalari orasidagi bog‘lanishning egrilik radiusi o‘zgarishiga bog‘liq tadqiq qilingan va mavjud tajriba natijalari bilan solishtirilgan;
silliq egri va to‘g‘ri sterjen dinamik kuchlanishlari orasidagi farq 3-6 % bo‘lishi topildi. Egrilik ( )ning qiymatini oshib borishi bilan egri sterjen maksimal kuchlanishlari to‘g‘ri sterjenga qaraganda oshib borishi aniqlandi. Sonli natijalar asosida bo‘lsa farq 2.84%, bo‘lganda 3.45%, bo‘lganda esa 6.55% bo‘lishi topilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Suyuqlik bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgan qovushoq-elastik egri sterjenning tebranishlari masalalari materialning qovushoq-elastiklik xususiyatlarini hisobga olgan holda matematik modellashtirish, nazariyasini rivojlantirish uchun ishlab chiqilgan hisoblash usuli, algoritmi va dasturi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
ilmiy texnika dasturlari doirasida 2012-2016-yillarda F-4-14 raqamli “Suyuqlik oquvchi er osti egri chiziqli quvurning tashqi kuchlar ta’siridagi kuchlanish-deformatsiyalar holatini tadqiq qilish nazariyasini rivojlantirish va hisoblash usullarini ishlab chiqish” mavzusidagi fundamental loyihasini bajarishda “Suyuqlik bilan aloqada bo‘lgan egri chiziqli quvurlarning chiziqli tebranish xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiyaning ilmiy natijasidan, ya’ni ilmiy-tadqiqot ishi natijalari asosida ishlab chiqilgan matematik modellashtirishning egri chiziqli quvurlarda suyuqlik oqishini hisobga oluvchi metodikasidan foydalanilgan.
ilmiy texnika dasturlari doirasida 2012-2016-yillarda F-4-42 raqamli “Yurak biomexanikasi va uning tatbiqlari” mavzusidagi fundamental loyihada arterial qon tomirlarida suyuqlik oqish natijasida hosil bo‘ladigan suyuqlik harakatini o‘rganishda mazkur dissertatsiya tadqiqotining ilmiy natijalaridan foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 iyundagi 89-03-1973 son ma’lumotnomasi).
Natijada egri chiziqli quvurlarning tebranishini hisoblashda va arterial qon tomirlarida suyuqlik harakatini matematik modellashtirishda dissertatsiyada ishlab chiqilgan metodikadan foydalanilgan.