Yuldasheva Dilnoza Ulug‘bekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda sovet hokimiyatining moddiy-madaniy yodgorliklarga bo‘lgan munosabati (1917-1990 yillar)”, 07.00.01. – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tar255.
Ilmiy rahbar: Ishanxadjaeva Zamira Rayimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Anarboev Abdulhamid, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Milliy rassomlik va dizayn instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 1917-1990 yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi moddiy-madaniy yodgorliklariga bo‘lgan munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1917-1924 yillarda “Moddiy madaniyat yodgorliklari muhofazasi” shiori bilan nafaqat tarixiy yodgorliklar, obidalar, muzey ahamiyatiga molik barcha jihozlar davlat mulkiga aylantirilgani, balki o‘lkada xayriya jamg‘armalari asosida to‘plangan vaqf mulklari va shaxslar ixtiyoridagi moddiy-ashyoviy buyumlar ham to‘liq tortib olinganligi isbotlangan;
tarixiy-madaniy obidalarning davlat muhofazasidan “sotsialistik shahar” mulkiga o‘tkazilishi natijasida Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi milliy yodgorliklar qisman saqlanib qolingan bo‘lsa-da, ulardagi muzey, qizil choyxona, qizil burchak va kutubxonalar mafkuraviy qoliplar zanjirida faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi dalillangan;
Ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda milliy madaniyatni nivelirlash oqibatida “Ustoz-shogird” tizimining yo‘qotilishi, ta’mirlash ishida an’anaviy ganch, kir, g‘isht, koshinlar o‘rniga sement, beton, temirbeton kabi “zamonaviy texnologiya”lardan foydalanilishi, kosmetik ta’mir bilan cheklanib, me’moriy obidalardagi asl konstruksiyalarning emirilishiga sabab bo‘lganligi isbotlangan;
«rivojlangan sotsializm» bosqichida siyosiy va madaniy-diniy qadriyatlararo to‘qnashuvi natijasida “sayyor muzeylar”, ayniqsa, inqilob muzeylari faoliyatining siyosiy maqsadlar ijrosiga yo‘naltirilib, mavjud tuzum afzalliklariga e’tibor kuchaytirilishi natijasida madaniyat muassasalarida tarixiy-madaniy yodgorliklarni saqlashga e’tiborsizlik, moliyaviy mablag‘lar ta’minotida uzilishilar odatiy tus olishiga olib kelganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 1917-1990 yillarda sovet hokimiyatining O‘zbekiston moddiy madaniyati yodgorliklari va unga bo‘lgan munosabati tarixi bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va takliflar asosida:
1917-1924 yillarda “Moddiy madaniyat yodgorliklari muhofazasi” shiori bilan nafaqat tarixiy yodgorliklar, obidalar, muzey ahamiyatiga molik barcha jihozlar davlat mulkiga aylantirilgani, balki o‘lkada xayriya jamg‘armalari asosida to‘plangan vaqf mulklari va shaxslar ixtiyoridagi moddiy-ashyoviy buyumlar ham to‘liq tortib olinganligiga oid ilmiy xulosalardan Andijon viloyat tarix va madaniyat davlat muzeyining “O‘zbekistonda sovet hokimiyatining moddiy-madaniyat yodgorliklari” nomidagi ekspozisiyani tashkil qilishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2019 yil 30 iyuldagi01-12-10-3855-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyga tashrif buyuruvchilarning tarix va madaniyat yodgorliklarining ahamiyati, ularni saqlash va asrab-avaylash to‘g‘risidagi tasavvurlarini kengayishiga xizmat qilgan;
tarixiy-madaniy obidalarning davlat muhofazasidan “sotsialistik shahar” mulkiga o‘tkazilishi natijasida Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi milliy yodgorliklar qisman saqlanib qolingan bo‘lsa-da, ulardagi muzey, qizil choyxona, qizil burchak va kutubxonalar mafkuraviy qoliplar zanjirida faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lumotlardan O‘zbekiston tarixi davlat muzeyining “Sovet hokimiyati davrida O‘zbekiston” deb nomlangan bo‘limini eksponatlar bilan boyitishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining 2020 yil 23 sentyabrdagi 3/1255-1978-son ma’lumotnomasi). Natijada mahalliy va xorijiy sayyohlarga sovet davrida O‘zbekistondagi moddiy-madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish jarayoni evolyusiyasini manbalar asosida ko‘rsatib berish imkoni yaratilgan.