Raxmatov Uchkun Ergashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Masala va mashqlar orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.4.PhD/Ped351.
Ilmiy rahbar: Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.V.20.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi masala va mashqlar orqali umumiy o‘rta ta’lim maktablari biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini takomillashtirish maqsadida o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi aloqa ta’minlangan, ta’lim muhitida masala va mashqlar ishlash bo‘yicha o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilgan, masala va mashqlar echishga asoslangan o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan va ulardan samarali foydalanish metodikasi takomillashtirilgan;
xalqaro baholash dasturlari asosida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishning metodik tizimi ishlab chiqilgan;
biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan biologiyadan masala va mashqlar, test topshiriqlari to‘plamlari ishlab chiqilgan, amaliyotga tatbiq etilgan hamda olingan natijalar matematik statistika metodlaridan foydalanib tahlil qilingan;
ijodiy muhit yaratuvchi yondashuvlarga (biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligi darajalari shakllanganligi ko‘rsatkichlarining motivasion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv mezonlari) tayangan holda tabiiy fanlarni integratsiyalash asosida biologiyadan masala va mashqlarni ishlab chiqish metodikasini takomillashtirish orqali o‘qituvchilar kasbiy kompetentligini takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Uzluksiz ta’lim tizimiga biologiyadan masala va mashqlarni tatbiq etish, biologiya o‘qituvchisining kasbiy kompetentligini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy kompetentlikni takomillashtirish, biologiyadan masala va mashqlar ishlash, ulardan samarali foydalanish metodikasiga oid taklif va tavsiyalar “Biologiya” o‘quv fani bo‘yicha Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan hamda “Biologiyadan masala va mashqlar echish (Sitologiya va genetika asoslari” nomli o‘quv qo‘llanma yaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4199-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya o‘qituvchilari-ning uzluksiz malaka oshirish jarayonida kasbiy kompetentligi takomillashtirilgan, “Biologiya” fani bo‘yicha o‘quv-metodik ta’minot va ta’lim zaxiralarini takomillashtirish imkoniyatlari kengaytirilgan;
ijodiy muhit yaratuvchi yondashuvlarga (biologiya o‘qituvchilari kasbiy kompetentligi darajalari shakllanganligi ko‘rsatkichlarining motivasion, kognitiv, texnologik, ijtimoiy-kommunikativ va refleksiv mezonlari) tayangan holda, tabiiy fanlarni integratsiyalash asosida biologiyadan masala va mashqlar ishlab chiqish metodikasini takomillashtirishga oid takliflardan YoA-6-1 raqamli “Botanika” o‘quv qo‘llanmasini yaratish” nomli yosh olimlar amaliy loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4199-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning masala echish va mashqlar bajarishda ijodiy tafakkurini rivojlantirish imkoniyati yaratilgan;
xalqaro baholash dasturlari asosida biologiya o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish, biologiya o‘qituvchilari uchun ishlab chiqilgan biologiyadan masala va mashqlar, test topshiriqlariga oid taklif va tavsiyalar asosida “Biologiyadan masalalar va mashqlar echish” nomli o‘quv qo‘llanma nashr qilingan (O‘zbekiston Respulikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 22 yanvardagi 26-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 26-012-son guvohnoma). Natijada, tabiiy fanlarni integratsiyalash asosida biologiya o‘qitish jarayonini takomillashtirish imkoniyati kengaytirilgan.