Yuldasheva Feruza Ulugbekovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatiga kirish va o‘tashning huquqiy mexanizmini takomillashtirish”, 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3. Rhd/Yu175. 
Ilmiy rahbar: Asadov Shavkat G‘aybullaevich, yuridik fanlar doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezident huzuridagi davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti, DSs 32/30.12.2020.Yu.74.01.
Rasmiy opponentlar: Said-Gazieva Nilufar Sherzodovna, yuridik fanlar doktori;  Yo‘ldoshev Aziz Ergashevich, yuridik fanlar nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda davlat fuqarolik xizmatiga kirish va o‘tashning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslantirilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
«davlat xizmatchisi» tushunchasi «o‘n sakkiz yoshga to‘lgan, tegishli malakaga ega, davlat organlarida davlat mansabini egallab turgan, davlat tomonidan to‘lanadigan (maosh) haq evaziga davlat vazifa va funksiyalarini bajaradigan, egallab turgan mansab lavozimidan kelib chiqib majburiyatlarni qonun asosida o‘rnatilgan tartibda doimiy amalga oshiruvchi fuqaro» hisoblanishi sifatida boyitilgan;
O‘zbekistonda davlat organlari oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilishga qodir fuqarolik davlat xizmatchilari va boshqaruv kadrlarini tanlab olishda ularning aqliy salohiyatini (intellekt darajasi-IQ-test) hamda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar sohasida bilim darajasini aniqlash bo‘yicha test sinovini o‘tkazish zarurati asoslangan;
yangi O‘zbekiston sharoitida fuqarolik davlat xizmatchilari va boshqaruv kadrlarini tanlab olishda yetakchilik (liderlik) salohiyati va o‘zgarishlarga moslashuvchanlik darajasi kabi kompetensiyalarni baholash zarurati asoslab berilgan;
bojxona organlarida xizmatga qabul qilishda boshqa davlat organlaridan salbiy sabablarga ko‘ra bo‘shatilgan fuqarolarga cheklovlar belgilash zarurati isbotlangan;
sud`yalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasiga odil sudlovni amalga oshirishga monelik qiladigan kasalliklarga yoki jismoniy nuqsonlarga ega bo‘lgan; belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan; o‘z kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun vakolatlari oldingi ish joyi bo‘yicha belgilangan tartibda tugatilgan fuqarolarni kiritmaslik kerakligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekiston Respublikasida davlat xizmatiga kirish va o‘tashning huquqiy mexanizmini takomillashtirishga oid tadqiqot bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«davlat xizmatchisi»ga doir konseptual g‘oya va takliflardan  «Davlat boshqaruvi» magistratura mutaxassisligi uchun «Davlat xizmati» (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi O‘quv-uslubiy kengashining 2019 yil 25 oktyabrdagi 2-son majlis bayonnomasi) o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining 2020 yil 15 oktyabr` 03/757-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta’lim olayotgan magistrantlar, professor-o‘qituvchilar, shuningdek, boshqaruv kadrlarining bilim, o‘quv va ko‘nikmalarining shakllanishi va rivojlanishiga xizmat qilgan; 
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovining birinchi bosqichida ishtirokchilarning aqliy salohiyatini, ikkinchi bosqichda siyosiy-huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi islohotlardan xabardorlik darajasini aniqlash bo‘yicha testlar o‘tkazish zarurati haqidagi takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ–3755-sonli «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018 yil 14 dekabr` 06/2-3265-son ma’lumotnomasi).  Ushbu takliflar zamonaviy boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning samarali tartibini shakllantirishga xizmat qilgan; 
istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlab olish bo‘yicha “Taraqqiyot” respublika tanlovida ishtirokchilarni baholash va uning g‘oliblarini aniqlash mezonlariga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 30 maydagi PQ–3755-sonli «Istiqbolli boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2018 yil 14 dekabr` 06/2-3265-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar professional boshqaruv kadrlarini tanlov asosida tanlab olishning zamonaviy va barqaror mezonlarini shakllantirishga hissa qo‘shgan.
bojxona organlarida xizmatga qabul qilish va xizmatni o‘tashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrdagi O‘RQ-502-sonli «Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida»gi (yangi tahriri) Qonunining 13-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar bojxona organlaridagi xizmatga fuqarolarni qabul qilish, lavozimga tayinlash, ularning bojxona organlaridagi xizmatda ko‘tarilishi va boshqa lavozimga o‘tishining huquqiy mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasi Sud`yalar oliy kengashi tomonidan sud`yalik lavozimlariga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasini shakllantirishda nomzodlar uchun qo‘yilgan muayyan talablarni belgilashga oid takliflar O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 10 sentyabrdagi O‘RQ-566-son «Ba’zi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi  Qonunining 12-moddasida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2019 yil 14 noyabrdagi 06/2-06-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar sud`yalik lavozimlariga nomzodlar zaxirasiga shaxslarni kiritilishi mumkin bo‘lmagan holatlarni qonun hujjatlarida mustahkamlanishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish