Xujakeldiev Komil Nosirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Eroziyaga uchragan hududlarda er tuzishni takomillashtirish (Qashqadaryo viloyati materiallari misolida)», 06.01.10 – «Er tuzish, kadastr va er monitoringi» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/T2033
Ilmiy rahbar: Avezbaev Sadulla, iqtisod fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituyuti huzuridagi DSc. 03/30.12.2019. T.10.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Suyunov Abdusali Samatovich, texnika fanlari doktori, professor; Xamidov Fayzullo Ramazanovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent arxitektura qurilish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi er tuzish loyihalarida eroziyaga uchragan hududlarda qishloq xo‘jaligi erlaridan foydalanishni tashkil etish  usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eroziyaga uchragan hududlar uchun ishlanadigan er tuzish loyihalarida ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi qayta ko‘rib chiqish, maxsus  almashlab ekish sxemalarini joriy etish asosida qishloq xo‘jalik er turlarini optimallash usuli takomillashtirilgan.
shamol eroziyasi mavjud hududlarda shamolning tezligi va esish yo‘nalishlarini inobatga olgan holda sug‘orish uchastkalarini loyihalash usuli qayta ishlab chiqilgan.
suv eroziyasi mavjud hududlarda joyning rel`efi, tuproqlarning mexanik tarkibi va suv o‘tkazuvchanligini inobatga olgan holda sug‘orish uchastkalarini loyihalash usuli aniqlangan. 
erlarning sho‘rlanish darajasiga ta’sir ko‘rsatuvchi er osti suvlarining chuqurligi va drenajlar orasidagi masofani  inobatga olgan holda suv tejamkor sug‘orish texnologiyasini qo‘llash  usuli  tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Eroziyaga uchragan hududlarda er tuzishni takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
eroziyaga uchragan hududlar uchun ishlangan er tuzish loyihalari  O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi kadastr agentligi tasarrufidagi Qashqadaryo viloyati Nishon tumani er resurslari va davlat kadastr bo‘limida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 dekabrdagi 02/022-4635 son ma’lumotnomasi). Natijada eroziyaga uchragan hududlarda er tuzish ishlari yaxshilangan, erdan foydalanish samaradorligini oshirish imkoniyati yaratilgan; 
shamol eroziyasiga uchragan erlarda sug‘orish uchastkalarini loyihalash usullari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi tarkibidagi «O‘zdaverloyiha» davlat ilmiy-loyihalash instituti «Qashvilerloyiha» bo‘limida joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 26 dekabrdagi 02/022-4635 son ma’lumotnomasi). Natijada eroziyaga uchragan hududlarda er tuzish loyihalarini ishlab chiqish samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish