Ortiqova Nargiza Akramovnaning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
 
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jamiyatni modernizatsiyalash sharoitida siyosiy elitani shakllantirish jadal taraqqiyot omili sifatida», 23.00.02 –Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar (siyosiy fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ss183.
Ilmiy rahbar: Jo‘raev Narzulla Qosimovich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi, DSc.20/13.05.2020.Ss.23.03.
Rasmiy opponentlar: Xusanov Ozod Tillaevich, yuridik fanlari doktori, professor, Jo‘raev Qodir Asadovich, siyosiy fanlar doktori, professor; 
Yetakchi tashkilot: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida Harakatlar strategiyasidan kelib chiqib, jamiyatni modernizatsiyalash jarayonida faol va zamonaviy siyosiy elitani shakllantirishning asosiy yo‘nalishlarini o‘rganish hamda davlat boshqaruvini yanada rivojlantirishda siyosiy elita faoliyatini yanada takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Samarali faoliyat yurituvchi siyosiy elitani shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, demokratik siyosiy elitani shakllantirish bilan bog‘liq muammo va murakkabliklar ochib berilgan; 
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy elita shakllanishining xuquqiy asoslari tahlil qilinib, mamlakatimizda davlat xizmati sohasini tartibga soluvchi maxsus qonunlarga ehtiyoj mavjudligi asoslab berilgan; 
Siyosiy elita tarkibini yoshlar hisobiga boyitib borish, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini etishtirishda  jamoat tashkilotlari, nodavlat notijorat tashkilotlar, siyosiy uyushmalar va partiyalarning  o‘rni va roli ochib berilgan; 
O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish muammosi siyosiy elita faoliyati samaradorligini oshirish sharti sifatida ilmiy asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Davlat va jamiyat boshqaruvini modernizatsiya qilishda, yangi O‘zbekiston taraqqiyotini ta’minlash bilan bog‘liq boshqaruv tizimida siyosiy elita qatlamini yanada kengaytirish, uning samaradorligini oshirish borasida ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijalari asosida:
O‘zbekiston Respublikasida samarali faoliyat yurituvchi siyosiy elitani shakllantirishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, demokratik siyosiy elitani shakllantirishga oid tavsiyalarRespublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan olib borilayotgan 2019-2020 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot ishlari dasturlari faoliyatiga tatbiq etilgan, xususan, “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturining 28-bandi(“Mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirish choralarini ko‘rish”)ni amalga oshirishda dissertatsiya ma’lumotlaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 25 avgustdagi  01/08-725-son ma’lumotnomasi). Natijada, markaz targ‘ibot ishlarida dissertatsiyada ilgari surilgan taklif va tavsiyalar O‘zbekiston Respublikasida siyosiy partiyalarning targ‘ibot ishlarini olib borishda siyosiy elitani rivojlantirish, kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish tajribalarini boyitishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilgan. 
O‘zbekiston Respublikasida siyosiy elita shakllanishining xuquqiy asoslari tahlil qilinib, mamlakatimizda davlat xizmati sohasini tartibga soluvchi maxsus qonunlar yaratishga doir tavsiyalar O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2020-2024 yillarga mo‘ljallangan Saylovoldi dasturida  o‘z ifodasini topgan va ushbu tavsiyalardan davlat boshqaruvi va davlat xizmatini yanada isloh etish sohasida bir qator vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2020 yil 3 sentyabrdagi  01-213-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar davlat xizmatchilarining maqomini qonun darajasida mustahkamlash, davlat xizmatchisining bilim, malaka, qobiliyat va layoqatlilik talablari asosida ob’ektiv tanlanishi tizimini joriy etish, yosh milliy kadrlar zaxirasini shakllantirish, ularni davlat xizmatiga tizimli tavsiya etish orqali “ijtimoiy lift”ni ta’minlash, barcha davlat tashkilotlari va xizmatchilari faoliyatini baholash tizimini joriy etish vazifalarini samarali amalga oshirishga xizmat qilgan.
Siyosiy elita tarkibini yoshlar hisobiga boyitib borish, siyosiy yetakchilarning yangi avlodini etishtirish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy harakatining amaliy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi “Yuksalish” umummilliy harakatining 2020 yil 5 sentyabrdagi 766-20-son ma’lumotnomasi). Natijada Markaz tomonidan tashkil etilgan tadbirlarda dissertatsiya ilmiy xulosalari, taklif va tavsiyalari keng qo‘llanilib, O‘zbekiston sharoitida siyosiy elitani rivojlantirish zamonaviy dunyoqarashga ega bo‘lgan, g‘oyaviy chiniqqan, boshqaruv tajribalarini qunt bilan o‘zlashtirgan rahbar kadrlar tayyorlash tamoyillari ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berilgan.
O‘zbekistonda demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish siyosiy elita faoliyati samaradorligini oshirish sharti sifatida asoslab berilgan ilmiy xulosalardanO‘zbekiston “Adolat” SDP Markaziy kengashining amaliy tadbirlarni tashkil etishda, xususan, hozirgi jadal taraqqiyot davrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” to‘g‘risidagi Farmoni asosida O‘zbekiston taraqqiyoti va istiqboli, mamlakatdagi mavjud siyosiy-ma’rifiy imkoniyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan ish rejasida foydalanilgan (O‘zbekiston “Adolat” SDP Markaziy kengashining 2020 yil 7 sentyabrdagi 01-04/217/2-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur ilmiy xulosalar  Adolat SDP elektorat bilan ishlashida, partiya faollari o‘quvlarida muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish