Gafurova Dilshoda Ramazanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion jarayonlarni boshqarish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt764.
Ilmiy maslahatchi: Buzrukxonov Sarvarxon Munavarxonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Raximova Dilfuza Nigmatovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Zohidov Azamatjon A’zamovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion jarayonlarni boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
innovatsion jarayonlarni boshqaruv samaradorligini baholash xalqaro reytinglar tarkibidagi ko‘rsatgichlarga asoslangan holda shakllantirilgan «kommunikatsiya», «inson kapitali», «raqamli biznes», «innovatsion mahsulot va xizmatlar hajmi» ko‘rsatkichlarini ball tizimida intensiv baholash orqali takomillashtirilgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyaga bo‘lgan talabni aniqlash orqali innovatsion jarayonlar boshqaruvining turli bosqichlarida moliyalashtirishni optimallashtirish asosida boshqaruv samaradorligini ortishi asoslangan;
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilma tarkibiga «komplayns» bo‘limini kiritish orqali innovatsion jarayonlar boshqaruvini monitoring bosqichlari takomillashtirilgan;
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi innovatsion faoliyatidan olinadigan sof foydaning 2030 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
innovatsion jarayonlarni boshqaruv samaradorligini baholash xalqaro reytinglar tarkibidagi ko‘rsatgichlarga asoslangan holda shakllantirilgan «kommunikatsiya», «inson kapitali», «raqamli biznes», «innovatsion mahsulot va xizmatlar hajmi» ko‘rsatkichlarini ball tizimida intensiv baholash orqali takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» AKning 2020 yil 19 iyundagi 250-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbektelekom» AKning 27-03-08/1735-son ma’lumotnomasi). Natijada, Kompaniya innvatsion faoliyati samaradoligini oshirishga, bunda joriy etilgan innovatsion xizmat va maxsulotlarni, innovatsion loyihalarni joriy etishni monitoring qilish va samaradorligini aniqlashga erishilgan hamda prognoz ko‘rsatkichlariga asosan 2030 yilda integral ko‘rsatkich 87 ballni tashkil etadi va bu joriy holatga nisbatan 2,5 barobarga o‘sishni ko‘rsatgan;
axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsiyaga bo‘lgan talabni aniqlash orqali innovatsion jarayonlar boshqaruvining turli bosqichlarida moliyalashtirishni optimallashtirish asosida boshqaruv samaradorligini ortishi bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» AKning 2020 yil 28 avgustdagi 329-sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbektelekom» AKning 27-03-08/1735-son ma’lumotnomasi). Natijada axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion jarayonlar boshqaruvini har bir bosqichini axborot bilan ta’minlashda uzluksizlikka erishildi va monitoring jarayonini samarali amalga oshirish ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi tashkiliy tuzilma tarkibiga «komplayns» bo‘limini kiritish orqali innovatsion jarayonlar boshqaruvini monitoring bosqichlari takomillashtirish bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» AKning 2021 yil 26 martdagi Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi bilan amaliyotga joriy etilgan. («O‘zbektelekom» AKning 27-03-08/1735-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zbektelekom» AK innovatsion xizmat va maxsulotlarni joriy etishda kompaniya tashkiliy tuzilmasidagi bo‘limlarni o‘zaro muvofiqlashtirishga erishilgan;
«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi innovatsion faoliyatidan olinadigan sof foydaning 2030 yilga qadar mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklifi «O‘zbektelekom» AKning 2020 yil 28 avgustdagi 329 – sonli buyrug‘i bilan amaliyotga joriy etilgan («O‘zbektelekom» AKning 27-03-08/1735-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu model` asosida sof foydaga ta’sir etuvchi innovatsiyalarga bog‘liq bo‘lgan uzoq muddatli parametrlar belgilab olingan, 2030 yilda 2020 yilga nisbatan sof foyda 2,8 barobar ko‘p oshishi hisoblab chiqilgan.