Maniyozova Gulnoza Murodovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Antifosfolipid sindromi va anamnezida reproduktiv yuqotishlar mavjud ayollarda perinatal asoratlarning profilaktikasi va davosi», 14.00.01–Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib9.
Ilmiy rahbar: Najmutdinova Dilbar Kamaritdinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.27.06.2017.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Kamalov Zaynitdin Sayfutdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Zufarova Shaxnoza Alimdjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda homiladorlikkacha va homiladorlik davrini olib borish taktikasini takomillashtirishga ko‘ra davolash algoritmini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
antifosfolipid sindromi va reproduktiv yo‘qotishlar aniqlangan homiladorlarda gemostaz mezonlarining skrining sinamalari D-dimer va EFMK ko‘rsatkichlari ortishi va homila nobud bo‘lishiga ta’sir etishi, hujayra molekulasi adgeziyasining to‘qima faktorlari faollashuvi ostida tromblar hosil bo‘lishi aniqlangan;
yallig‘lanishga xos markerlar (IL–1, IL–6, FNOα)ning antifosfolipid sindromi rivojlanishida, perinatal asoratlardan oldin ushbu sitokinlar ajralishi ortishining patogenetik namoyon bo‘lishi aniqlangan;
perinatal asoratlar rivojlanishida yallig‘lanishga xos sitokinlarning apoptotik ta’siri, koagulyasiya kaskadini faollashtiruvchi mediatorlarning induksiyasiga ko‘ra skrining testlari (D-dimer va EFMK) ko‘rsatkichlari ortishi bilan isbotlangan;
antifosfolipid sindromi aniqlangan homiladorlarda ivish tizimi ko‘rsatkichlari, qondagi sitokinlar statusi va ona–yo‘ldosh–homila qon oqimi ko‘rsatkichlarining korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda ularning reproduktiv va gemostaz tizimi faolligini tiklashda Essensiale forte N hamda interleykinlar faolligini nazorat qilish uchun Serrata hamda siklooksigenaza 1 nazorati uchun Kardiomagnil preparatlarini qo‘llagan holda kompleks davolash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Antifosfolipid sindromi va anamnezida reproduktiv yo‘qotishlar mavjud ayollarda perinatal asoratlarning profilaktikasi va davosi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
homiladorlik va tug‘ruq jarayonida antifosfolipid sindromida akusherlik va perinatologiya asoratlarining oldini olish va patologiyasiz tug‘ruqni amalga oshirish bo‘yicha «Antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda esensial fosfolipidlarining kompleks davolashda o‘ziga xosligi» uslubiy qo‘llanmasi ishlab chiqilib, sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 4 noyabrdagi 8d-3/84-son ma’lumotnomasi). Mazkur qo‘llanma bemorlarda antifosfolipid sindromi homila rivojlanishida salbiy oqibatlarning pasayishiga, hoimlador ayollarda immun tizimini mustahkamlash va homila surfaktant tizimining etilishiga imkon bergan;
antifosfolipid sindromi aniqlangan ayollarda esensensial fosfolipidlarini qo‘llash natijasida kompleks davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Andijon viloyat perinatal markazida, Andijon shahar 2-son tug‘ruq kompleksi va Toshkent shahridagi 44-oilaviy poliklinika tibbiyot amaliyotiga tatbiq etilgan (2016 yil 4 noyabrdagi 8d-3/84-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini amaliyotga tatbiq etilishi barcha ayollarga ambulator sharoitda davolanish imkoniyatini bergan. va statsionar davoga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirgan. Ishlab chiqilgan va taklif qilingan usul perinatal asoratlar ko‘rsatkichini 13,8%, akusherlik asoratlar ko‘rsatkichini 8,3% kamaytirishga yordam bergan, o‘lik tug‘ilish va ilk perinatal o‘lim holatlari esa kuzatilmagan.