Oripova Feruza Shopulatovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Nospesifik vaginit rivojlanishining patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash vositalarini ishlab chiqish (klinik-eksperimental tadqiqot)», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya, 14.00.17 – Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:№ B2020.2.PhD/Tib1207
Ilmiy rahbarlar: Ixtiyarova Gulchexra Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent, Saidov Saidamir Abrorovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat tibbiyot instituti, PhD.04/13.05.2020.Tib.93.02
Rasmiy opponentlar: Isenova Saule Shaykenovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston); Xakimov Ziyavutdin Zayniddinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi nospesifik vaginitni tashxislash va  uni davolashda kurkumin yog‘i mis xelatli kompleks birikmasiga asoslangan yangi dori vositasining ta’sirini optimallashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nospesifik vaginitda yaqqol disbioz ko‘rsatkichlari va yallig‘lanish kasalliklarining klinik kechishi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini inobatga olib, ilk bor  kasallikni samarali tashxislash va davolashda o‘simlik xom ashyosi asosida tayyorlangan yangi mahalliy shamchalarning toksikologik xavfsizligi, immunoglobulin M (IgM) va laktobatsillarning ortishi natijasida normotsinoz shakllanishni natijasida bachadon bo‘yni rak oldi kasalliklarni oldini olishi xususiyatlari tajriba sharoitida isbotlangan; 
jinsiy a’zolar yallig‘lanish kasalliklarida rN-metriya qin mikroflorasining neytral va past ishqorli muhitga siljishini ta’minlashga qaratilgan yangi kombinatsiyalangan antibakterial va regeneratsiyalovchi dori vositalari terapevtik ta’sirining patogenetik  disbiozni tiklash mexanizmi ochib berilgan; 
quyonlarda nospesifik vaginit modellashtirilganda mikrobiotaning o‘zgarishi 16-Femoflor testi orqali ko‘ringanda, qinda patogen va shartli patogenli bakterial mikrofloraning 2 baravar yuqoriligi, kurkumin moyi va xelat misi bilan tajribaviy davolash shartli normotsinozning shakllanishi, tajriba sharoitida yangi vaginal shamchalar bilan davolash samaradorligini oshirish imkoni  yaratilgan; 
qindagi qaytalanuvchi yallig‘lanish va regenerativ jarayonlarni  mikrobiologik va morfologik tashxislash, davolashda  ilk bor mahalliy o‘simlik xom ashyosidan olingan kurkumin moyi va mis xelatining antioksidant, yallig‘lanish, virus va zamburug‘larga qarshi, immunomodulyativ xususiyatlari asosida qin mikroflorasining shartli disbionozni oldini olish orqali ayollarning hayot sifati tiklangan;
vaginitni davolashda faollik jihatdan xorijiy muqobillardan qolishmaydigan yuqori sifatli va import o‘rnini bosuvchi, nisbatan arzon, toksik xususiyatga ega bo‘lmagan, yangi dori vositasining nospesefik vaginit davolashdagi yuqori samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Nospesifik vaginit uchun ularning patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash usullarni ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
nospesifik vaginitning patogenetik mexanizmlarini aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Qin disbiozi belgilarini aniqlash metodikasi va uni o‘z vaqtida korreksiyalash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/232-son ma’lumotnomasi). Natijada nospesifik vaginit hamda uning asoratlarini tajribada samarali tashxislash orqali, xastalikni ambulator davolash muddatini qisqartirish, tashxislash va korreksiyalashning optimal variantlarini tanlash imkonini bergan;
nospesifik vaginitni turli davolash usullarida qin shilliq devoridagi patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Eksperimental nospesifik vaginitni turli davolash usullarida qin shilliq devoridagi patomorfologik o‘zgarishlarni aniqlash metodikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-r/232-son ma’lumotnomasi). Natijada eksperimental nospesifik vaginitni samarali tashxislash orqali turli davolash usullarida qin shilliq devoridagi patomorfologik o‘zgarishlarni baholash samaradorligini oshirish imkonini bergan;
nospesifik vaginitni patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash usullarni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Buxoro viloyati perinatal va reproduktiv markazi, Buxoro tug‘ruq majmuasi, Kogon va Shofirkon tumanlari tibbiyot birlashmasi, Toshkent farmatsevtika instituti, Toshkent davlat stomatologiya instituti, Toshkent shahar MCHJ «Geno Texnologiya laboratoriyasi klinik va fundamental tibbiyot amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 19 maydagi 8n–z/105-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi nospesifik vaginitni patogenetik mexanizmlarini hisobga olgan holda yangi davolash usullarini tatbiq etish orqali quyonlarda nospesifik vaginit modellashtirilganda mikrobiotaning o‘zgarishi 16-Femoflor testi orqali ko‘ringanda, qinda patogen va shartli patogenli bakterial mikrofloraning 2 baravar yuqoriligi, kurkumin moyi va xelat misi bilan tajribaviy davolash shartli normotsinozning shakllanishi, tajriba sharoitida yangi vaginal shamchalar bilan davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish