Axmedov Umid Mashrapovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Statistik funksional masalalarni murakkab axborot tizimlari asosida echishni takomillashtirish», 08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt784.
Ilmiy rahbar: Begalov Baxodir Abdusalomovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01. 
Rasmiy opponentlar: Shermuxamedov Abbos Toirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Bobojonov Azizjon Babaxanovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi statistikaning funksional muammolarini hal qilish uchun murakkab axborot tizimlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida kompleks arxitekturali modernizatsiyalashgan axborot tizimi asosida al`ternativ va katta xajmdagi statistik ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarini samarali tashkil qilish usullari taklif qilingan;
statistik ma’lumotlarni samarali integratsiyalashgan holda saqlash modelini ishlab chiqish asosida tarqoq statistik axborot tizimlarining rentabelligini yuksaltirish maksadida ma’lumotlar bazalarini yagonalashtirish jarayonlari takomillashtirilgan;
davlat statistika ma’lumotlarini va hisobotlarini yig‘ishda qo‘llaniladigan dasturiy-axborot ta’minoti iqtisodiy samaradorligi ochiq-kodli texnologiyalarning keng ko‘lamlilik imkoniyatlaridan foydalanish asosida oshirilgan;
bozordagi oziq-ovqat, nooziq-ovqat va xizmatlar narxlarini statistika organlari tomonidan kuzatish jarayonlariga veb-texnologiyalari va onlayn ma’lumotlar bazasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish natijasida iste’mol narxlari indeksini (inflyasiyani) hisoblashning zamonaviy usul, algoritm va texnologiyalari taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Statistik funksional masalalarni murakkab axborot tizimlari asosida echishni takomillashtirish  bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
statistik ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash statistik axborot tizimi bo‘yicha ishlab chiqilgan kompleks arxitektura va uning amal qilish asosiy tamoyillari statistik jarayonning barcha bosqichlarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 01/2-16-10/2-9-son ma’lumotnomasi). Bu mavjud quvvatlarni ortiqcha yuklamasdan qo‘shimcha ma’lumot manbalari bilan ishlash, har bir tashkilot uchun har bir hisobot davrida respondentlarning hisobot yuklamasini o‘rtacha 1,5 soatga kamaytirish, ma’muriy manbalardan foydalanish orqali ma’lumotlar yig‘ish xarajatlarini kamaytirish, statistikaning funksional muammolarini hal qilish uchun zarur vaqtni qisqartirish imkonini bergan;
katta hajmli ma’lumotlar manbalari bilan ishlashning yaratilgan konseptual modeli statistik ma’lumotlar ob’ekti sifatida iste’mol narxlari indeksini hisoblashda, ya’ni birlamchi ma’lumotlarni yig‘ish bosqichida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 01/2-16-10/2-9-son ma’lumotnomasi). Operatsiyani amalga oshirish mumkinligi isboti, narx robotlari ko‘rinishidagi veb-ma’lumot ko‘chirish yordamida yoki planshetlardan foydalangan holda, ma’lumotlar yig‘ish uchun sarflanuvchi vaqt bir necha kundan bir necha daqiqagacha qisqarganligini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, bu usul hisob-kitoblar sifatini oshirish, shuningdek, qo‘lda ishlash usulidan farqli o‘laroq narx robotining miqyosliligi tufayli hisobot jarayonini 70-80 % ga tezlashtirishni nazarda tutgan;
ochiq kodli kirish dasturiy ta’minoti tamoyillariga asoslangan dasturiy-texnik ta’minotni modernizatsiyalashga taklif etilgan zamonaviy yondashuvlar korxonalarda statistik hisobotlarni yig‘ish shakllarini takomillashtirishda maqbul qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 01/2-16-10/2-9-son ma’lumotnomasi). Bu echim DSQga o‘z kuchi bilan ma’lumotlarni kiritish modulini yaratish imkonini beradi, u avvalgi analoglardan miqyosi, foydalanishda qulayligi va interfeysning qulayligi bilan ajralib turadi. Mazkur yangilik e-stat 4.0 axborot tizimining ishini sifat jihatidan yaxshiladi va qayta topshirishni talab etuvchi hisobotlarning 30 %ga qisqarishiga sabab bo‘lgan;
tuzilmaga solingan va tuzilmaga ega bo‘lmagan ma’lumotlarni qayta ishlash uchun statistik ma’lumotlarni integratsiyali saqlash moslamasii bo‘yicha ishlab chiqilgan model, shuningdek, ma’lumotlarni qayta ishlashning birlashtirilgan jarayoni, ma’lumotlar qamrab olishda DSQ imkoniyatlarini kengaytirish va ulardan har xil turlar uchun samarali qayta foydalanish imkoniyatini yaratgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 2 martdagi 01/2-16-10/2-9-son ma’lumotnomasi). Mazkur ma’lumotlarni saqlash moslamasini joriy etish natijasida statistik jarayonda axborot almashinuvi, ularni boshqarish va tez chop etish samaradorligi 25-35 %ga yaxshilangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish