Jo‘raev Murodulla Alishboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek adabiyotida komediyaning janr xususiyatlari va ularning tarixiyligi (“Maysaraning ishi”, “Tobutdan tovush” hamda “Temir xotin” asarlari misolida)”, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti.
Dissertatsiya ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil495.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Qosimov Usmon, filologiya fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Nosirov Azmiddin Normamatovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Qo‘chqorova Marhabo Xudoyberganovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek adabiyotida komediyaning janr xususiyatlari va ularning tarixiyligini, janr yuzaga kelgan davrdan hozirga qadar bo‘lgan tadrijiy jarayondagi o‘zgarish va o‘ziga xosliklarni Hamza Hakimzodaning “Maysaraning ishi”, Abdulla Qahhorning “Tobutdan tovush” hamda Sharof Boshbekovning “Temir xotin” komediyalari misolida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek adabiyotidagi komediyalar voqeaviy asosiga ko‘ra xarakterlar, axloqlar, maishiy hamda ijtimoiy-siyosiy komediyalarga bo‘linishi “Maysaraning ishi”, “Tobutdan tovush”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Oltin devor” hamda “Temir xotin” komediyalari tahlili misolida aniqlangan;
komediya janrining ilk namunasi “Maysaraning ishi” va hozirgi “Qalliq o‘yin” kabi komediyalar qiyosiy tahlil asosida ularda badiiylikdan ko‘ra bayonchilik ustunligi, xarakterlar to‘laqonli shakllanmagani, syujet tuzilishi, komik vaziyatlar notabiiy va sxematik xarakterda ekanligi, asar tili nomukammal, personajlarning monolog-dialoglari puxta emasligi isbotlangan;
o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, komediyalar poetikasidagi takomillashuv jarayonlari, syujet qurilishi, komik vaziyatlarning hayotiyligi, badiiy tasvir va xarakterlar mukammalligiga erishilgani, o‘zbek komediyasi o‘zining “Tobutdan tovush” hamda “Temir xotin” kabi etuk namunalari bilan rus va jahon adabiyotidagi mumtoz komediyalar bilan tenglasha olganligi aniqlangan;
so‘nggi yillarda yaratilgan ayrim komediyalarda kulgililik va fojeaviylik bir butun holda kelib, yaxlit syujet tuzilmasini hosil qilganligi va bu jihat o‘zbek komediyasi tabiatida komik syujet, badiiy obraz, komik talqin borasidagi yangilanishlardan biri ekanligi “Temir xotin” komediyasi orqali isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek adabiyotida komediyaning janr xususiyatlari va ularning tarixiyligi tadqiqi jarayonida erishilgan ilmiy natijalari asosida:
o‘zbek adabiyotidagi komediyalar voqeaviy asosiga ko‘ra xarakterlar, axloqlar, maishiy hamda ijtimoiy-siyosiy komediyalarga bo‘linishi “Maysaraning ishi”, “Tobutdan tovush”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Oltin devor” hamda “Temir xotin” komediyalari tahlili misolida aniqlanganligiga doir hamda komediya janrining ilk namunasi “Maysaraning ishi” va hozirgi “Qalliq o‘yin” kabi komediyalarda badiiylikdan ko‘ra bayonchilik ustunligi, xarakterlar to‘laqonli shakllanmagani, syujet tuzilishi, komik vaziyatlar notabiiy va sxematik xarakterda ekanligi, asar tili nomukammal, personajlarning monolog – dialoglari puxta emasligiga oid xulosalaridan F-1-FQ-055213 “Abdulla Qahhordastxat – qo‘lyozmalari asosida asarlarining ilmiy-qiyosiy matnlarini tayyorlash va nashrga hozirlash” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 05-12-08-1965-son ma’lumotnomasi). Natijada “Abdulla Qahhor: shaxs va ijodkor” to‘plami yaratilishi va yangicha talqinlar bilan boytilishiga xizmat qilgan;
o‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab, komediyalar poetikasidagi takomillashuv jarayonlari, syujet qurilishi, komik vaziyatlarning hayotiyligi, badiiy tasvir va xarakterlar mukammalligiga erishilgani, o‘zbek komediyasi o‘zining “Tobutdan tovush” hamda “Temir xotin” kabi etuk namunalari bilan rus va jahon adabiyotidagi mumtoz komediyalar bilan tenglasha olganligiga oid xulosalaridan A-1-059 “Abdulla Qahhor istiqlol adabiyotshunosligi ko‘zgusida” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2021 yil 12 apreldagi 05-12-08-1965-son ma’lumotnomasi). Natijada Abdulla Qahhor komediyalaridagi o‘ziga xosliklar o‘zbek komediyasi rivoji uchun sezilarli ahamiyatga egaligi borasida muayyan xulosalarga kelinishiga imkon bergan;
so‘nggi yillarda yaratilgan ayrim komediyalarda kulgililik va fojeaviylik bir butun holda kelib, yaxlit syujet tuzilmasini hosil qilganligi va bu jihat o‘zbek komediyasi tabiatidagi muhim yangilanishlardan biri ekanligi “Temir xotin” komediyasi tahlili orqali isbotlanganligi xususida O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DUK tarkibidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanali muntazam efir setkasidan o‘rin olgan “Tarixiy savol”, “Taqdimot” ko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2021 yil 03 martdagi 02-40-312-son ma’lumotnomasi). Natijada tomoshabinlar Hamza, Abdulla Qahhor, Sh.Boshbekov komediyalarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlari bilan yaqindan tanishishlariga zamin yaratgan.