Uralova Oysuluv Poyan kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ingliz va o‘zbek tillarida “oila” bosh leksemali maqollar semantikasi va strukturasi”, 10.00.06 – qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Fil1386.
Ilmiy rahbar: Maxanbet Djusupov, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil/Ped.83.01.
Rasmiy opponentlar: Rizaev Bahodir Haydarovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raeva Bibish Muxsinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ingliz va o‘zbek tillaridagi “oila” bosh leksemali maqollarining qiyosiy-chog‘ishtirma tahlilini amalga oshirish va shu asosda ularning universal va milliy o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
ingliz va o‘zbek tillaridagi maqol, matal, frazeologik birliklarning leksik-grammatik maqomini aniqlash mezonlari ularning tuzilishi, semantikasi, obrazliligi, didaktikligi kabi o‘zaro farqlovchi xususiyatlar tarkibini aniqlashtirish asosida ishlab chiqilgan;
ingliz va o‘zbek tillarida “oila” bosh leksemali maqollarning chog‘ishtirma mazmuni ikki xalq tarixi, mentaliteti, madaniyati, har xil dinlar, geografik joylashuvi bilan bog‘liqligi kabi lisoniy-madaniy nomuvofiqliklarni belgilash asosida ochib berilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “oila” bosh leksemali maqollarning qiyosiy-chog‘ishtirma, kvalitativ va tematik tahlili orqali “Marriage/ uylanish, er (turmush)ga chiqish va nikoh”, Family/oila”, “Kin/qarindoshlar”, “Blood relatives/qon-qarindoshlar”,“Relatives arising from the marriage of two people/ikki insonning nikohi asosida paydo bo‘ladigan qarindoshlar” kabi guruhlarga taqsimlanishi va ularning madaniyatlararo mazmunga ko‘ra father of the son-in-law, father of the daughter-in-law (quda), sister-in-law (ovsin), sister-wife (kundosh), father-in-law (qaynota), brother-in-law (qayni, qaynog‘a), son-in-law (kuyov), sister-in-law (yanga), brother-in-law (pochcha, boja) kabi turlarga ajralishi isbotlangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi “oila” bosh leksemali maqollarning ifoda planidagi strukturaviy-sintaktik xususiyatlari, declarative/darak, interrogative/so‘roq, imperative/buyruq gap, yig‘iq sodda gap va yoyiq sodda gap, one-member sentence/bir sostavli gap, two-member sentence/ikki sostavli gap, homogeneous parts of the sentence/uyushiq bo‘lakli gap, personal sentence/shaxsli gap, impersonal sentence/shaxssiz gap, indefinite-personal sentence/shaxsi noaniq, conjunctive sentence/bog‘langan qo‘shma gap, olti turdagi ergash gaplar kabi o‘xshash va o‘zbek tilida adverbial clauses/hol ergash gap va sodda gap shaklidagi maqollar orasida inkor mazmunli paremiyalar, ingliz tilida  sabab va natija munosabatini ifodalovchi bog‘langan qo‘shma gap, subject clauses/ega ergash gap,  predicative clauses/kesim ergash gap,  object clauses /to‘ldiruvchi ergash gap, adverbial clauses of purpose/maqsad ergash gap, adverbial clauses of manner/o‘xshatish ergash gap shaklidagi maqollarning mavjudligi kabi sintaktik tuzilishdagi farqli tomonlar faktik materiallarni kiritish asosida dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ingliz va o‘zbek tillarida paremiya, maqol, matal, frazeologik birliklarning tadqiqi bo‘yicha erishilgan xulosalar asosida:
ikki xalq maqollari orasidagi tafovutlarni solishtirib o‘rganish to‘g‘risidagi mulohazalardan OT-F-1-17-raqamli “Ma’naviy begonalashuvning oldini olishda shaxs faolligini oshirishni ijtimoiy-pedagogik tadqiq etish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 
27 oktyabrdagi 89-03-4230-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillarida “oila” mazmunini ifodalovchi zoonim, ornitonim, fitonim, insekt (hashorat) komponentli maqollarning qo‘llanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning semantikasi va strukturasi tahlili haqidagi mulohazalaridan I-204-4-5-raqamli “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 27 oktyabrdagi 89-03-4230-son ma’lumotnomasi). Natijada ingliz va o‘zbek tillaridagi maqollarning semantikasi va strukturasi tahlili asosida qiyosiy paremiologiyaga doir muammolarning echimini topishning yangi yo‘nalishlarini ochib berishga xizmat qilgan;
maqollar haqidagi mulohazalaridan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Surxondaryo viloyat bo‘limi huzurida tashkil etilgan o‘quv seminarlarida, adabiy tadbirlarda, yosh shoir va noshirlar bilan bo‘lgan uchrashuvlarda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2020 yil 22 oktyabrdagi 01-03-06/823-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkil etilgan adabiy seminar va tadbirlarda, yosh shoir va noshirlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlarda maqollar haqida bildirilgan mulohazalar yosh ijodkorlar tomonidan zarur ilmiy-amaliy manba sifatida qabul qilingan;
ingliz va o‘zbek oilalarining farqli va o‘xshash tomonlariga oid maqollardan Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining “We learn English” – “Ingliz tilini o‘rganimiz”, “Adabiyot gulshani”, “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “So‘z sehri”, “Ilm-ma’rifat ziyosi”, “Munavvar kun”, “Ijod zavqi”, “Bir asar sharhi” teleko‘rsatuvlarini tayyorlashda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 22 oktyabrdagi 01/01-797-son ma’lumotnomasi). Natijada qiyosiy tahlil etilgan maqol, matal, frazeologik birliklardan samarali foydalanish teleko‘rsatuvlarning sermazmun bo‘lishiga va ularning ma’naviy-ma’rifiy mazmun bilan boyitilishiga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish