Jumanazarova Guljahon Umurzoqovnaning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

IUmumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lingvopoetikasi (leksik-semantik, lingvostilistik va lingvostatistik tahlil)», 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Fil1.

Ilmiy maslahatchi: Karimov Suyun Amirovich, filologiya fanlari doktori, professori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.27.06.2017  Fil.19.01.

Rasmiy opponetlar: Mamatov Abdimurod Eshonqulovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xolmanova Zulxumor, filologiya fanlari doktori, professor; Hakimov Muhammadxon Xo‘jaxonovich, filologiya fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: dostonlar tilidagi so‘zlarning vazifaviy-mazmuniy, etimologik va lingvostatistik xususiyatlarini aniqlash, lingvomadaniy birliklarning badiiy-estetik vazifalarini asoslash orqali baxshining so‘z tanlashdagi mahoratini ochib berishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

dostonlar tilidagi so‘zlarning tarixiy-etimologik va vazifaviy-mazmuniy xususiyatlari ochib berilgan;

dostonlarning elektron matni asosida leksikografik manbalari (so‘zlik, alfavitli, chastotali, ters (chappa) va izohli lug‘atlar) yaratilgan;

dostonlar matnidagi fonetik, leksik-grammatik qurilishidagi birliklarning qo‘llanilish miqdori aniqlangan;

dostonlar tili lingvopoetikasini aniqlash orqali uslubiy formulalarning tuzilmaviy-poetik tabiati va leksik-stilistik qatlamlarning semantikasi asoslangan, iboralarning tuzilmaviy-semantik va konnotativ ma’nolaridagi o‘ziga xosliklar ochib berilgan;

dostonlar qahramonlari nutqidagi norasmiy, xalqchil unsurlar (so‘kish, qarg‘ish va haqorat so‘zlar)ning matndagi lingvopoetik xususiyatlari, takroriy birliklar va saj’ san’atining lisoniy va lingvopoetik imkoniyatlari asoslangan;

dostonlar tilidagi o‘xshatishlarning tuzilmaviy-semantik va poetik tabiati, sifatlash, metafora, metonimiya va paremiologik birliklarning lingvopoetik imkoniyatlari aniqlanib, badiiy-estetik qimmati ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li dostonlari tilining lisoniy xususiyatlarini ochib berish va ma’naviy-ma’rifiy tizimni takomillashtirish bo‘yicha belgilangan tadbirlar asosida:

tadqiqot natijalari va «Shirin bilan Shakar» dostonining izohli lug‘ati»da berilgan 20 dan ortiq so‘z (elchi, yasovulboshi, qalandar, qon yutmoq, qurg‘ur, qo‘chqor, g‘azot, o‘g‘lon, o‘tag‘osi kabilar)ning lug‘aviy va ma’noviy tahlilini dalillovchi ma’lumotlardan FA–F8–034 raqamli «O‘zbek tili leksikasi va terminologiyasining rivojlanish tamoyillari» fundamental loyihasi doirasida ko‘p jildli «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» V jildidagi lug‘at maqolalarini nashrga tayyorlashda (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK-0313/699-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy-tadqiqot natijasining joriy qilinishi mazkur lug‘atdagi leksikografik talqinlarning yanada boyitilishiga muhim asos bo‘lgan;

dissertatsiya natijalaridan F1–FA-2012-1-8 raqamli «O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish muammolari» fundamental loyihasining I-,V-,XI-jildlaridagi kirish hamda lug‘at maqolalarini nashrga tayyorlashda (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK–0313/699-son ma’lumotnomasi) foydalanilgan. Ilmiy natijaning amaliyotga tatbiq etilishi dostonlarning lingvofol`kloristik jihatdan o‘rganilganligini yoritishda va leksikografik talqinlarning boyitilishiga xizmat qilgan;

mazkur tadqiqotdagi o‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotiga aloqador 20 dan ortiq so‘z (pari, hizr, chiltan, farishta, bo‘ri, yalmog‘iz kampir, ajina, dev, ajdarho kabilar)ning turli uslubiy ma’nolaridan F1–XT–0-19919 raqamli «O‘zbek mifologiyasi va uning badiiy tafakkur taraqqiyotida tutgan o‘rni» fundamental loyihasida (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining FTK–0313/736-son ma’lumotnomasi) muhim manba sifatida foydalanilgan;

Fozil shoir dostonlari tilidagi o‘xshatishlarning lingvopoetik tabiatini tahlil etish va leksikografik jihatdan izohlashning ilmiy asoslariga doir umumlashmalar, nazariy konsepsiyalar turkiy xalqlar lingvofol`kloristikasi  tarixida ilk bor yaratilgan «Xalq dostonlari tili o‘xshatishlarining izohli lug‘ati»da berilgan. Mazkur dostonlar tili va uslubini, og‘zaki nutqning kommunikativ sifatlarini o‘rganishda, baxshining so‘z qo‘llash mahoratini tahlil qilishda foydalanilmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish