Xalmatov Misliddin Muxammatovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Atmosferadagi zararli moddalarning manzarali daraxtlarga ta’sirini o‘rganish (Andijon shahri misolida)», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/B126.
Ilmiy rahbar: Ismailxodjaev Boxodirxodja Sharipxodjaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Tleumuratova Bibigul` Saribaevna,fizika-matematika fanlari doktori; Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: atmosferadagi zararli moddalarning Andijon shahrining markaziy ko‘chalaridagi manzarali daraxtlarga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ifloslantiruvchi kompleksning o‘simliklarga ta’sirining konsentratsiyasi va davomiyligi doimiy ravishda o‘zgarib turishi va shamol yo‘nalishiga, rel`efga va chiqindi manbalarining joylashishiga va miqdoriga bog‘liq ekanligi aniqlangan;
manzarali daraxtlarning barg biomassasida ifloslantiruvchi moddalar to‘planishining mavsumiylik omiliga, shu jumladan Andijon hududining iqlim sharoitiga bog‘liqligi aniqlangan;
avtomobillar va sanoat korxonalari tomonidan avtomagistrallarda chiqariladigan zararli moddalarning manzarali daraxtlarning fenologik xususiyatlariga ta’siri, barglar tarkibidagi pigmentlar va og‘ir metallarning miqdoriy dinamikasi aniqlangan;
mintaqalar uchun manzarali daraxt turlarini tanlash va zararli moddalar bilan ifloslanish darajasiga qarab ekologik hududlarni aniqlash bo‘yicha ilmiy asoslar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Zararli moddalarning manzarali daraxtlarga ta’sirini (Andijon shahri misolida) aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
atmosfera havosini ifloslanishi aspiratsiya usuli Andijon viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasida avtotransportlar va sanoat korxonalardan chiqayotgan zaharli gazlar uglerod, azot, oltingugurt oksidlari va chang hamda og‘ir metallar bilan ifloslanishi, shuningdek, o‘simlik qoplami, xususan, manzarali daraxtlarning xususiyatlariga ta’siri, chiqindi zaharli moddalar tarkibidagi zararli kimyoviy elementlarni kamaytirishda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2019 yil 12 apreldagi  03-02/3-1965-son  ma’lumotnomasi).  Natijada, atmosferadagi zararli moddalarni aniqlash va markaziy ko‘chalarda ekish uchun manzarali daraxtlarning chidamli turini tanlab olish imkonini bergan; 
eman (dub) (Quercus), soxta kashtan (Quercus castaneifolia), virgin archasi (juniperus virginiono), pavlovniya (Paulownia Shan Tong, Tomentosa) daraxti kabi havoni ifloslantiruvchi zararli moddalarga chidamli manzarali daraxtlar tanlanib Andijon viloyati O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasiga bosqichma-bosqich ekish joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2021 yil 22 fevraldagi № 05/21-994 son ma’lumotnomasi). Natijada, bu atmosfera havosini me’yorlashtirish amaliyoti uchun manzarali daraxt turlarini shahar ekotizimining zararli moddalar bilan ifloslanish fitoindikatori sifatida foydalanish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish