Shoymardonov Tuymurod Turdialievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Pedagog kadrlar malakasini oshirish va kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etishning elektron tizimi», 13.00.06–Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.PhD/Ped5.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Bosh ilmiy-metodik markaz.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IKraqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Aripov Mirsaid, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Taylakov Norbek Isakulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda ularning kasbiy faoliyati monitoringini olib borishning elektron metodik tizimini ishlab chiqish, nazariy asoslash hamda amaliyotga tatbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlari monitoringini amalga oshirish va o‘quv-metodik axborotlarni tizimlashtirish hamda integrallashgan axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan elektron metodik tizimning mazmuni va tashkiliy tuzilmasi yaratilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy kompetentligini rivojlantiruvchi omil sifatida qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarining zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan monitoring tizimi mazmuni, tarkibiy tashkil etuvchilari ishlab chiqilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlik darajasini aniqlashtirish va bashoratlash, uning rivojlanish dinamikasini doimiy kuzatib borish imkoniyatini beruvchi metodik yondashuv joriy etilgan;
pedagog kadrlarning kasbiy faoliyat motivatsiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan va ta’lim resurslarini o‘zida mujassamlashtirgan portfolio tizimi ishlab chiqilgan hamda pedagogning kasbiy faoliyati monitoringining tarkibiy qismi sifatida shakllantirilgan;
qayta tayyorlash va malaka oshirish jarayonlarini takomillashtirish hamda uning sifatini ta’minlashning zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari pedagog kadrlarning kasbiy faoliyatini optimallashtiruvchi va ularning kompetentligini rivojlantiruvchi yaxlit pedagogik tizim sifatida taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Pedagog kadrlar malakasini oshirish va ularning kasbiy faoliyati monitoringini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hamda ta’lim muassasalarining integrallashgan elektron axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga oid takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 20 avgustdagi 242-sonli qarorining 3-ilovasi bilan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 iyundagi №89-03-1869-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi;
pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining o‘quv faoliyati monitoringini tashkil etishning elektron tizimini joriy etish bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 26 sentyabrdagi 278-son qarorining 2-punkt b) bandi 2-xatboshi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 14 iyuldagi 284-sonli buyrug‘ining 1-ilovasi 7-bandi bo‘yicha me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 iyundagi 89-03-1869-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari sifatini oshirishga xizmat qiladi;
oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari mazmunini takomillashtirish bo‘yicha takliflar asosida o‘quv rejalariga “Elektron pedagogika asoslari va pedagogning shaxsiy, kasbiy axborot maydonini loyihalash” moduli kiritilgan va OO‘MTVning 2016 yil 6 apreldagi 137-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 iyundagi 89-03-1869-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning kasbiy kompetentlik darajasini oshirishga xizmat qiladi;
oliy ta’lim tizimi pedagog kadrlarining kasbiy faoliyati natijalarini qayd etib borishga va monitoringini olib borishga xizmat qiluvchi elektron portfolio tizimini joriy etish bo‘yicha takliflardan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2014 yil 25 dekabrdagi 483-son buyrug‘ining 3-bandi 3-xatboshini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 iyundagi 89-03-1869-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning kasbiy ko‘rsatkichlarini qayd etishning zamonaviy texnologiyalarga asoslangan tizimini joriy etishga zamin yaratadi;
pedagogning kasbiy kompetentlik darajasini aniqlashtirib borishga xizmat qiluvchi takliflar asosida onlayn test sinovlari dasturiy platformasi amaliyotga joriy etilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 28 iyundagi 89-03-1869-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar pedagog kadrlarning kasbiy bilim va malakalari darajasini uzviy rivojlantirib borishga xizmat qiladi.