Umarov Shodiljon Abdug‘ofurovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kompozit armaturalangan egiluvchi to‘sinlarning mustahkamlik, bikrlik va yoriqbardoshligini tadqiq qilish» mavzusidagi, 05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T1369.
Ilmiy rahbar: Akramov Xusnitdin Axrarovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent arxitektura-qurilish instituti».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent arxitektura-qurilish instituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: Asqarov Baxtiyor Asqarovich – texnika fanlari doktori, professor; Usmonov Valiaxmad Fayzullaevich – texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Namangan muxandislik-qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompozit armaturalar bilan armaturalangan egiluvchi to‘sinlarning mustahkamligi, yoriqbardoshligi va bikrligini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
shisha tolali kompozit armaturalarning mexanik xossalarini nazariy va eksperimental tadqiq qilish orqali egiluvchi beton to‘sin konstruksiyalarida qo‘llash imkoniyatlari asoslab berilgan;
shisha tolali kompozit armaturalarni egiluvchi beton to‘sinlarda foydalanilgan holda ko‘ndalang armaturalar o‘rniga po‘lat xomutlarni qo‘llash orqali to‘sinning mustahkamligi va yoriqbardoshligini oshirish imkoniyatlari asoslab berilgan;
shisha tolali kompozit armaturalar bilan armaturalangan egiluvchi beton to‘sinlarda tik va qiya kesimlarning armaturalash miqdorlarini variatsiyalash orqali beton va armaturalarda paydo bo‘ladigan ichki zo‘riqish kuchlarning o‘zgarish qonuniyati aniqlangan;
eguluvchi beton to‘sin konstruksiyalarda shisha tolali kompozit armaturalarni qo‘llagan holda qiya kesim bo‘yicha hisoblash usuli takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Kompozit armaturalangan egiluvchi to‘sinlarning mustahkamligi, bikrlik va yoriqbardoshligini tadqiq qilish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
shisha tolali kompozit armaturalar bilan armaturalash echimlari “Qishloq qurilish invest” IKning Andijon va Farg‘ona viloyat filiallarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 martdagi 09-06/3562-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘sinlarda xosil bo‘ladigan ko‘ndalang kesuvchi kuchlarni 1,2 marttaga kamaytirishga erishildi.
shisha tolali kompozit armaturalar bilan armaturalashda po‘lat xomutlarni qo‘llash echimi “Qishloqqurilish Invest” IKning Andijon va Farg‘ona viloyat filiallarida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 martdagi 09-06/3562-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘ndalang kuchlardan hosil bo‘ladigan tik va qiya yoriqlarni ochilishini kamaytirish va to‘sinlarning yoriqbardoshliligi 1,1 martaga oshirishga erishilgan.
“Kompozit armaturalarni to‘sinlar uchun hisoblashda avtomatlashtirish” dasturlari “Binokor loyiha” MChJda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 31 martdagi 09-06/3562-son ma’lumotnomasi hamda ning 2020 yil 25 sentyabrdagi 09/73-01 son dalolatnomasi). Natijada loyihalash va hisoblash jarayonlariga sarflanadigan vaqtning 15% gacha tejalishiga erishilgan.