Aripov Shuxrat Tulkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkinchi tip qandli diabet kasalligida qo‘llaniladigan dori vositalaridan oqilona foydalanishga farmakoiqtisodiy yondashuv», 15.00.01–Dori texnologiyasi va farmatsevtika ishlarini tashkil etish (farmatsevtika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Far1.
Ilmiy rahbar: Zaynutdinov Xikmatulla Sunnatovich, farmatsevtika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent farmatsevtika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent farmatsevtika instituti, DSc.27.06.2017.Far.32.01.
Rasmiy opponentlar: Iskandarova Shoxista Fexruzovna, farmatsevtika fanlari doktori, dotsent; Muxtabar Azizovna Nasritdinova, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkinchi tip qandli diabet kasalligini davolashda qo‘llanilayotgan dori vositalaridan oqilona foydalanish samaradorligini farmakoiqtisodiy baholash va O‘zR SSV, mahalliy farmatsevtika korxonalariga arzon, samarali dori vositalarini ishlab chiqarish hamda ta’minlash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dori-darmon vositalaridan oqilona va samarasiz foydalanishning muqobil mezonlari, kasallikni dori vositalari bilan davolashning asosiy tamoillari, nomenklaturasi xamda ularni farmakoiqtisodiy baholashning samaradorligini asoslashga yo‘naltirilgan ko‘rsatkichlari aniqlangan va shakllantirilgan;
ikkinchi tip qandli diabet kasalligining respublika ma’muriy-hududiy mintaqalari bo‘yicha kasallanish va tarqalish ko‘rsatkichlari hamda dori vositalarining assortimenti kontent-tahlil qilingan;
ikkinchi tip qandli diabet kasalligini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalarining iste’mol holatini bir sutkada 1000 aholiga nisbatan DDD o‘rtacha sutkalik qo‘llab kuvvatlovchi dozasi hisoblab topilgan;
dori vositalarining farmatsevtika bozoridagi qiyosiy chakana narxlari, savdo hajmi hamda ta’minot holati natijalarini o‘ziga xos tomonlarini maqsadga muvofiqligi asoslangan;
peroral diabetga qarshi dori vositalarining savdo hajmi aylanmasi va o‘ram miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari aniqlangan;
ilk bor taklif va tavsiyalarga asosan, ikkinchi tip qandli diabet kasalligini davolashda keng qo‘llaniladigan import o‘rnini bosuvchi mahalliy diabetga qarshi dori vositasi tibbiyot amaliyotiga joriy qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Dori-darmon vositalarining savdo hajmi, ta’minoti holati, peroral diabetga qarshi dori vositalari chakana narxlarining qiyosiy tahlili natijalari, savdo hajmi aylanmasi va o‘ram miqdor ko‘rsatkichlarining prognoz holati va ATS/DDD-uslubiyati yordamida aniqlangan iste’mol holatlari tahlillari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar asosida:
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 11 yanvardagi 28 son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Asosiy dori vositalar ro‘yxati»ning ilovasida keltirilgan diabetga qarshi va insulin saqlagan dori vositalari ro‘yxatlarini tuzishda foydalanildi. (Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish Bosh boshqarmasining 2016 yil 26 dekabrdagi 29/09-3695-son ma’lumotnomasi). Natijasida mazkur ro‘yxatga kiritilgan dori vositalari tibbiyot tashkilotlarida kasalliklarni davolash uchun sarflanadigan byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish imkoniyatini bergan;
ikkinchi tip qandli diabet kasalligini davolashda diabetga qarshi dori vositalaridan oqilona foydalanish va farmakoiqtisodiy baholash natijalari Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining bemorlarga tashhis qo‘yish, davolash va klinik protokollari va davolash standartlarini tuzishda qo‘llanildi. (Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining 2016 yil 30 noyabrdagi ma’lumotnomasi). Natijada klinik amaliyotiga Proksimin-RG mahalliy diabetga qarshi dori vositasi sifatida qo‘shish imkonini bergan.