Raxmatova Zoira Haqnazarovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning lingvistik asoslari”, 10.00.01–O‘zbek tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2019.2.PhD/Fil788.
Ilmiy rahbar: Bahriddinova Bashorat Madievna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.70.01.
Rasmiy opponentlar: UmurqulovBekpo‘lat, filologiya fanlari doktori; Sobirov AbdulhayShukurovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek tilida maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning lingvistik tomonlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
hajm, so‘zlikni tanlash, taqdim qilish, lug‘at maqola tuzilishi, leksikografik semantizatsiya, lug‘atning tarkibiy tuzilmasi kabi leksikografik nashrga xos tavsifiy belgilar mavjud lug‘atlar asosidaaniqlangan;
maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atining nafaqat nutq o‘stirish vositasi, balki intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashning muhim vositasi ekanligi lingvokognitiv, psixolingvistik, lingvodidaktik usullar asosida ochib berilgan;
bolalar lug‘atining antropotsentrik yo‘nalganligi, ta’lim oluvchining olamning haqiqiy milliy lisoniy manzarasi bilan tanishib borishida yoshi, millati, iqtidori, alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoji va boshqa individual xususiyatlarga aloqadorligi aniqlangan;
o‘zbek tilida yangi avlod bolalar lug‘atlarini yaratishning lingvistik, pedagogik, psixologik mezonlari, uning mega, makro va mikrotuzilishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish vositalarini yaratishning lingvistik asoslarini ishlab chiqish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
leksikografik nashrga xos tavsifiy belgilar –hajm, so‘zlikni tanlash, uni taqdim qilish, lug‘at maqola tuzilishi, leksikografik semantizatsiya, lug‘atning tarkibiy tuzilmasi, so‘zning morfologik tarkibini ajratishga doir nazariy xulosalardan №FA-F1-G003 “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zR FA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2021 yil 20 yanvardagi 17-01-111-son ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘ati korpusini shakllantirish, so‘zlikni tanlash, lug‘atda berilgan har bir til birligini leksikografik izohlash borasidagi masalalarni yoritish imkonini bergan;
maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘atining nafaqat nutq o‘stirish vositasi, balki intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashning muhim vositasi ekanligi lingvokognitiv, psixolingvistik, lingvodidaktik tahlillar asosidagi nazariy xulosalardan  “Olam mening nigohimda” (ISBN 978-9943-978-92-8) nomli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan lug‘at qo‘llanmada foydalanilgan. Natijada yosh avlodni umummilliy qadriyatlarimizga sodiq qilib tarbiyalashda nutq o‘stirish vositalarining roliga doir  qarashlarni takomillashtirish imkonini bergan; 
o‘zbek tilida yangi avlod bolalar lug‘atlarini yaratishning lingvistik, pedagogik, psixologik mezonlari, uning mega, makro va mikrotuzilishi masalalariga doir nazariy xulosalardan  “Olam mening nigohimda” (ISBN 978-9943-978-92-8)nomli maktabgacha yoshdagi bolalar uchun mo‘ljallangan lug‘at qo‘llanmada foydalanilgan. Natijada maktabgacha yoshdagi bolalar lug‘ati so‘zligini shakllantirish va semantizatsiyalashda: ilmiylik va mantiqlilik, ta’limiylik, leksikani qulay shaklda taqdim etish, ko‘rsatib tushuntirish, umumiylik-xususiylik, izchillik, milliylik, zamonaviylik, didaktik, tushunarlilik, darajalilik kabi tamoyillarni ochib berish imkonini bergan; 
bolalar lug‘atining antropotsentrik yo‘nalganligi, ta’lim oluvchining olamning haqiqiy milliy lisoniy manzarasi bilan tanishib borishida yoshi, millati, iqtidori, alohida ta’lim olishga bo‘lgan ehtiyoji va boshqa individual xususiyatlariga mosligi ochib berilgan ma’lumotlardan “Til – millat ko‘zgusi”, “Ma’naviyatimiz sarchashmalari”, “Almanax”, “Dolzarb mavzu” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo teleradiokompaniyasining 2021 yil 8 fevraldagi 12-15/86-son ma’lumotnomasi) Natijada milliy til renessansi hamda hozirgi zamon sivilizatsiyasi sharoitida antropotsentrik o‘quv vositalarining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri masalasini yoritishda muayyan xulosalar chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish