Azimov Sanjar Samadovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tasviriy san’at), (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped785.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qahhorov Siddiq Qahhorovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.70.02.
Rasmiy opponentlar: Ro‘ziev Erkin Iskandarovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Nurullaeva Shaxlo O‘ktamovna, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tasviriy san’at va muhandislik grafikasi ta’lim yo‘nalishi talabalarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda grafik dasturlardan foydalanishning ko‘p fikrlilik, tanlash, refleksiv kabi didaktik imkoniyatlari kreativ yondashuvni integratsiyalash asosida takomillashtirilgan; 
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kongnitiv,texnologik,kreativlikkabi kasbiy kompetentligini shakllantirishda qalamtasvir, rangtasvir va akademik qalamtasvir asoslari,dastgohli rangtasvir kabi fanlarni imitatsion, dasturiy va texnik vositalar asosida o‘qitishning metodik tizimi takomillashtirilgan;
kompyuter texnologiyalariga asoslangan pedagogik jarayonning ijodiy muhitni yaratish, badiiy san’at bo‘yicha ijodiy faoliyat, faoliyat malakalari uzviyligi kabi tarkibiy asoslariga muvofiq kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish modeli ishlab chiqilgan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajalari kasbiy faoliyat turlariga tayyorgarlik darajalari reproduktiv, qisman izlanishli, kreativ kabi baholash mezonlari asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini kompyuter texnologiyalaridan foydalanib takomillashtirish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilari kasbiy kompetentligining pedagogik-psixologik xususiyatlari (kognitiv, texnologik, kreativ) produktivlik faoliyatini ta’minlash orqali kasbiy yo‘naltirish umumkasbiy va ixtisoslik fanlari integratsiyasi, bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentlik komponentlari (pedagogik, tasviriy, loyihaviy, ilmiy-tadqiqot, refleksiv) kompyuter texnologiyalari grafik dasturlari (Corel Draw, Macromedia Flash, Adobe Photoshop, Corel-Photo-Paint, Corel Painter) asosida kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning didaktik imkoniyatlarini aniqlashga doir amaliy tavsiyalar “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasini o‘qitish metodikasi”o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4339-son ma’lumotnomasi).Natijada tasviriy san’at ta’lim yo‘nalishi fanlariga kompyuter texnologiyalari asosida grafik dasturlarni qo‘llash samaradorligini oshirish imkoniyatini bergan;
kompyuter texnologiyalariga asoslangan pedagogik jarayon tarkibiy asoslari (ijodiy muhitni yaratish, badiiy san’at bo‘yicha ijodiy faoliyat, faoliyat malakalari uzviyligi) kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish metodikasi pedagogik loyihalash modeli komponentlari bilan integratsiyalashga oid tavsiyalar “5110800-Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi yo‘nalishi malaka talablari mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4339-son ma’lumotnomasi). Natijada kasbiy kompetensiyalarni takomillashtirish metodikasi pedagogik loyihalash modelini yaratish imkonini bergan;
bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikning shakllanganlik darajalari kasbiy faoliyat turlariga tayyorgarlik darajalarini baholash mezonlari oid berilgan takliflardan AIF-2/20 raqamli “Texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida shaxsga yo‘naltirilgan innovatsion texnologiyalar asosida malakali injener kadrlar tayyorlash va professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish sifatini yaxshilash” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-4339-son ma’lumotnomasi). Natijada kompyuter texnologiyalari bo‘lajak tasviriy san’at o‘qituvchilarining kasbiy kompetentligini takomillashtirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish