Rajabov Ibrat Yaxshimurodovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «Paxta tozalash jarayonida tozalagich agregati konstruksiyasini takomillashtirish», 05.02.03–«Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari»  (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T741
Ilmiy rahbar: Safoev Abduxalil Abduraximovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Baxodirov G‘ayrat Ataxanovich, texnika fanlari doktori, professor; Sulaymonov Rustam Shennikovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Jizzax Politexnika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: vintli ishchi organga ega paxtani mayda iflosliklardan samarali tozalashni ta’minlovchi, energo- va resurstejamkor tozalagich agregatini ishlab chiqishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani  mayda iflosliklardan tozalash agregatini vintli ishchi organga ega yuqori samarali, energo- va resurstejamkor konstruksiyasi ishlab chiqilgan; 
paxta xomashyosini qayta ishlovchi vintli konveyerni muqobil ish tartiblari, ko‘rsatkichlari, kritik radiuslarini va ko‘tarilish muqobil burchaklarini aniqlashni ifodalovchi matematik bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
paxtani vintli ishchi organda tozalash jarayoninig nazariy va tajribaviy tadqiqotlari asosida tozalagich agregati tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar uchun bog‘lanishlar ishlab chiqilgan;
vintli ishchi organ qoziqlariga tushayotgan yuklama qiymati davriy holatiga ko‘ra o‘zgarishi aniqlangan;
paxta tozalash jarayonida tozalagich agregatini vintli ishchi organi qoziqlarini paxtani ilib olishini ta’minlovchi shartlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani mayda iflosliklardan tozalovchi takomillashtirilgan tozalagich agregatining ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: 
kombinatsiyalashgan ishchi organlarga ega tozalagich agregatiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Tolali materialni tozalash qurilmasi», №FAP 01533–2020y). Natijada bunday tozalagichlarni qo‘llanilishi paxta xomashyosini iflosliklardan tozalash samaradorligini 14–19 % ga  yaxshilashga erishilgan;
tozalagichlar uchun yangi ta’minlash qurilmasiga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan («Paxta tozalagichni ta’minlash qurilmasi» №FAP 01144–2014). Natijada qayta ishrlanayotgan mahsulotning tozalash samarasi va sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqilgan vintli ishchi organga ega tozalagich agregati “O‘zpaxtasanoat” AJ tasarrufidagi Sirdaryo viloyati Sayxunobod va Toshkent viloyati Qorasu paxta tozalash korxonalarida  ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O‘zpaxtasanoat” AJ ning 2019 yil 25 sentyabrdagi 02–18/5590–sonli ma’lumotnomasi). Natijada kombinatsiyalashgan qoziqli va vintli ishchi organlarga ega tozalagich tozalash samaradorligi 14–19% ortishi hamda bunday tozalagichdagi o‘rnatilgan quvvatni 1,3 martaga kamaytirish orqali energo- va resurstejamkorlikka erishish imkoniyatlari yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish