Karimov Sherzod Sobirjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Petri to‘ri asosida telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollari samaradorligini baholashning modellari va algoritmlari”, 05.04.01 – Telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, telekommunikatsiya tarmoqlari va qurilmalari. Axborotlarni taqsimlash.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T452.
Ilmiy rahbar: Siddikov Isamidin Xakimovich, texnikafanlaridoktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.02.
Rasmiy opponentlar:texnika fanlar doktori, professor, Xamdamov Utkir Raxmatillaevich; texnika fanlar doktori, professor, Tashmanov Erjon Baymatovich.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollari samaradorligini baholashning Petri to‘ri asosida modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
halaqitlar ta’siri ostidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish kanal sathi protokollari samaradorligini baholashning noravshan vaqtli Petri to‘ri modeli yaratilgan;
telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollarining samaradorligini belgilovchi ma’lumot uzatish tezligi, ushlanib qolish vaqti, uzatishda sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar, ma’lumot hajmini aniqlash algoritmi ishlab chiqilgan;
ma’lumotlarning noaniqligi sharoitida telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollari samaradorligining oshirish modellari va algoritmi ishlab chiqilgan;
telekommunikatsiya tarmoqlarida uzatilayotgan ma’lumotlar to‘liqligi, aniqligi, tezkorligini tadqiq qilish va baholashning imitatsion modeli yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Petri to‘ri asosida telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollari samaradorligini baholashning modellari va algoritmlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
halaqitlar ta’siri ostidagi telekommunikatsiya tarmoqlarida ma’lumotlarni uzatish kanal sathi protokollari samaradorligini baholashning noravshan vaqtli Petri to‘ri modeli va kanal sathi protokollari unumdorligi ko‘rsatkichlaridan bo‘lgan ma’lumotlarni uzatish tezligi, ushlanib qolish vaqti, uzatishda sodir bo‘ladigan yo‘qotishlar, ma’lumotlar hajmini aniqlash algoritmi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan “O‘zbektelekom” AK Farg‘ona filialiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33–8/5937–son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida tarmoqda sodir bo‘ladigan xalaqitlarning ta’sir ko‘rsatish darajasi yuqori bo‘lganda kadrlar o‘lchamining qulay qiymatini aniqlash orqali axborotlarni yo‘qotilishini 3–5% ga kamaytirish imkonini bergan;
ma’lumotlarning noaniqligi sharoitida telekommunikatsiya tarmog‘i kanal sathi protokollari samaradorligining oshirish modellari va algoritmi hamda uzatilayotgan ma’lumotlar to‘liqligi, aniqligi, tezkorligini tadqiq qilish va baholash mezonining imitatsion modeli Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tasarrufidagi korxonalarda, xususan Qashqadaryo Radio televidenie uzatish markazida DUKga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2019 yil 26 avgustdagi 33–8/5937–son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida noravshan vaqtli Petri to‘ri asosida xalaqitlar ta’siri ostidagi kanal sathi protokollari samaradorligini baholash va bashoratlash orqali axborotlar oqimlarining tezkorligini 11% ga orttirish imkonini bergan.