Xo‘jamshukurov Nortoji Abdixoliqovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bacillus thuringiensis bakteriyasi asosida insektisid biopreparat ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish», 03.00.04–Mikrobiologiya va virusologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1DSc/B2.
Ilmiy maslahatchi: Toshmuxamedov Mugrajitdin Salaxovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mikrobiologiya instituti va O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.27.06.2017.V.38.01
Rasmiy opponentlar: Shakirov Zair Saatovich, biologiya fanlari doktori; Gapparov Furqat Axatovich, qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor; Tojibaev Komiljon Sharobitdinovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi shtammlarining ayrim biologik xususiyatlarini aniqlash hamda ular asosida insektisid biopreparat yaratish va uni amaliyotga joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba turli hududlar kesimida mahalliy Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasining tarqalish dinamikasi asoslangan;
mahalliy Bacillus thuringiensis bakteriyasining ajratilgan shtammlari morfologik, kul`tural, fiziologik va biokimyoviy jihatlariga ko‘ra klassifikatsiyalangan;
mahalliy Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi shtammlarining ko‘sak qurti (Heliothis armigera Hb.), kuzgi tunlam (Agrotis segetum Den.et Schiff.), kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata Say.), g‘o‘za shirasi (Aphis gossypii Glov.) va o‘rgimchakkana (Tetranychus urticde Koch.) kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi insektisid va Fusarium oxysporum zamburug‘iga qarshi antifungal faolliklari aniqlangan;
tanlab olingan shtammlarning o‘sib, rivojlanishi va zaruriy faolligini namoyon qilishi uchun mo‘’tadil ozuqa muhitining tarkibi tanlangan va o‘sib, rivojlanish sharoitlari aniqlangan;
ilk bor, mahalliy Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida, yangi, insektisid biopreparat ishlab chiqarishning tajriba-texnologik reglamenti yaratilgan;
mahalliy Bacillus thuringiensis entomopatogen bakteriyasi asosida «Antibac-Uz» biopreparati olishning texnologiyasi ishlab chiqilgan;
«Antibac-Uz» biopreparatining ko‘sak qurti (Heliothis armigera), kuzgi tunlam (Agrotis segetum), kolorado qo‘ng‘izi (Leptinotarsa decemlineata), g‘o‘za shirasi (Aphis gossypii), o‘rgimchakkana (Tetranychus urticde) kabi zararkunanda hasharotlarga qarshi biologik samaradorligi isbotlangan;
«Antibac-Uz» biopreparati g‘o‘za agrobiotsenozidagi oltinko‘z (Chrysoperla carnea Steph.) va xonqizi (Coccinella semperpunctataL.) kabi foydali hasharotlarga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bacillus thuringiensis bakteriyasi asosida ko‘pfunksiyali biopreparat ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
insektisid xususiyatga ega bakteriyalar shtammi uchun O‘zbekiston Respublikasining Intellektual mulk agentligi tomonidan ixtiro patenti olingan (15.05.2006.№IAP 03054.). Ushbu shtamm sanoat sharoitida yuqori biologik faollikka ega bo‘lgan insektisid xususiyatli biopreparatlar ishlab chiqarish imkonini bergan;
qishloq xo‘jaligi amaliyotiga Buxoro, Jizzax, Surxondaryo, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida g‘o‘zadagi zararkunanda hasharotlarga qarshi 2012–2016 yillarda «Antibac-Uz» biopreparati joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2016 yil 7-dekabrdagi
02/23-1267-son ma’lumotnomasi). Mahalliy «Antibac-Uz» biopreparati g‘o‘zadagi ko‘sak qurtiga qarshi qo‘llash natijasida paxta hosildorligi oshgan, hamda qo‘shimcha 1,1 s/ga hosil olishga va rentabellik darajasi 18% ga oshishiga imkon bergan.