Abduazimov Oqiljon Utkurovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik fikri monitoringini ta’minlashda ommaviy kommunikatsiyalar sotsiologiyasining o‘rni (O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarining 2001–2016 yillardagi materiallari misolida)», 10.00.09–Jurnalistika (sotsiologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1DSc/Sots1.
Ilmiy maslahatchi: Bekmurodov Mansur Bobomurodovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi DSc.27.06.2017.F.01.05 raqamli ilmiy kengash asosida bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Saidov Akmal Xolmatovich, yuridik fanlar doktori, professor;Umarov Absalom Adilovich, sotsiologiya fanlari doktori, professor;Xudoyqulov Muxtor, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborotlashgan jamiyatda jamoatchilik fikrini ommaviy kommunikatsiyalar vositasida shakllantirish va monitoringini ta’minlash omillari, xususiyatlari va tendensiyalarini sotsiologik jihatdan nazariy-empirik asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Matbuotning to‘rt nazariyasi» takomillashtirilib, milliy ommaviy kommunikatsiyalar tarixini hamda zamonaviy jarayonlarini tahlil qilishga mos keluvchi yangi konsepsiya va nazariy qarashlar ishlab chiqildi. Ushbu nazariy qarashlar umumlashtirilib, «Matbuotning 4T nazariyasi» deb nomlandi. Bular: «Termitlashgan matbuot nazariyasi», «Triboniklashgan matbuot nazariyasi», «Transformatsiyalashgan matbuot nazariyasi», «Tanaziyalashgan matbuot nazariyasi»dan iborat;
jamoatchilik fikri monitoringini ta’minlashda «matbuot–shaxs–jamiyat–davlat» o‘zaro qaytma aloqalarini baholashning 6 ta mezoni (professionallik, mustaqillik, iqtisodiy erkinlik, ijtimoiy adolatlilik, tezkorlik, xolislik) ilmiy-nazariy asoslangan holda ishlab chiqilgan;
axborotlashgan jamiyatda «OAV–jurnalist–muassis–auditoriya» o‘rtasidagi o‘zaro qaytma aloqalar tahlili asosida an’anaviy tahririyatlar transformatsiyalashib, yangi paradigma sifatida transmilliy tahririyatlarga aylanishining zamonaviy tendensiyalari va prinsiplari ochib berilgan;
ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi qaytma aloqalarni tadqiq etish orqali jamoatchilik fikri monitoringini ta’minlashda OKV funksiyalari yuzaga chiqishining uch bosqichli mexanizmi mavjudligi aniqlangan;
axborotlashgan jamiyatda jurnalistikaning demokratik institut sifatida integratsiyalashuvi va OAV materiallarining kontent-tahlili ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
«Termitlashgan matbuot nazariyasi», «Triboniklashgan matbuot nazariyasi», «Transformatsiyalashgan matbuot nazariyasi», «Tanaziyalashgan matbuot nazariyasi»dan iborat «Matbuotning 4T nazariyasi» modeli borasidagi takliflardan Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2015–2016 yillardagi targ‘ibot-tashviqot ishlarida foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazining 2016 yil 30 dekabrdagi №425-son ma’lumotnomasi). Natijada ommaviy kommunikatsiyalar sotsiologiyasi mohiyatan yangi konseptual tahlil bilan boyishiga imkon yaratilgan;
jamoatchilik fikri monitoringini ta’minlashda «matbuot–shaxs–jamiyat–davlat» o‘zaro qaytma aloqalarini ierarxik tahlil usuli orqali baholashning 6 ta mezoni xususidagi taklif-tavsiyalar «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirish markazida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2017 yil 25 apreldagi №33-8/2540-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning amaliyotga joriy etilishi «Elektron hukumat» tizimini rivojlantirishda veb-saytlar ochiqligi va shaffofligini ta’minlashga xizmat qilgan;
«OAV–jurnalist–muassis–jamoatchilik» o‘zaro qaytma aloqalarga oid takliflardan «Xalq so‘zi» gazetasi tahririyati ijodiy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 30 avgustdagi №07/44-1-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi jamoatchilik fikri monitoringi mexanizmini takomillashtirishga xizmat qilgan;
ob’ekt va sub’ekt o‘rtasidagi qaytma aloqalar dialektikasi, jamoatchilik fikri monitoringini ta’minlash, OKV funksiyalari namoyon bo‘lishining uch bosqichli mexanizmi borasidagi takliflardan O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi hammuassisligidagi «Oila davrasida» ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy gazetasining ta’sis hujjatlarida foydalanilgan (O‘zbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondi respublika boshqaruvining 2015 yil 16 iyuldagi №02-01/500-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi milliy axborot bozorini turli xil yot mafkuralar va «ommaviy madaniyat»ning salbiy ta’siridan himoya qiluvchi materiallar bilan ta’minlashga xizmat qilgan;
jurnalistikaning demokratik institut sifatidagi funksiyalari va OAV materiallarining kontent-tahliliga oid takliflardan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining 2016 yil 26 apreldagi №12/95-1-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflardan amaliyotda foydalanish milliy media muhitini yaxshilash, tahririyatlarning global tarmoqdagi faoliyatini takomillashtirish imkonini bergan.