Xasanov Aleksey Rashidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Murakkab kon-geologik sharoitlarga ega oltin konlarini er osti usulida qazib olish texnologiyasini takomillashtirish», 04.00.10 – Geotexnologiya (ochiq, er osti va qurilish) (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/T1415.
Ilmiy rahbar: Raimjanov Baxadirjan Raimjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Geotexnologiya va rangli metallurgiya ilmiy-tadqiqot va loyiha-qidiruv instituti DUK «O’zGEORANGMETLITI».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.T.98.01.
Rasmiy opponentlar: Zairov Sherzod Sharipovich, texnika fanlari doktori, professor; Melikulov Abdusattar Djabbarovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: murakkab kon-geologik sharoitiga ega Zarmitan oltinli ruda hududlarida oltinli ruda konlarini er osti usulida qazib olishning mavjud texnologiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
foydali qazilma konlarining qazib olish chuqurligi o‘zgarganida kon lahimi bo‘shlig‘ining hosil bo‘lish chegaraviy parametlari aniqlangan;
minimal sifatsizlanish bilan ruda tanasini qazib olishning yuqori ko‘rsatkichlariga erishishda yupka qalinlikdagi rudalarni qazib olish tizimini qo‘llab qazib olishda xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga va foydali qazilma miqdorini oshirilishiga erishilishi aniqlangan;
Charmitan koninig +480 m gorizontidan pastda qazib olish tizimining olib borilishida havfsiz ish sharoiti va qazib olishning optimal ko‘rsatkichlariga qazib olish blokining uzunligi 30 m uzunlikgacha qisqartirilishi orqali erishilishi aniqlangan;
kon bosimining ta’siriga ko‘ra uchastkalar bo‘yicha konning kengaytirilgan rayonlashtirilishi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Murakkab kon-geologik sharoitlarga ega oltin konlarini er osti usulida qazib olish texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ruda tanalarini er osti usulida qazib olish texnologiyasi va kon ishlari xavfsizligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy kon boshqarmasi «Charmitan» va «G‘ujumsoy» konlarida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10733-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon lahimlarini ko‘ndalang kesim yuzasining o‘lchamini va kon lahimlarini utish ishlari hajmini kamaytirish hamda qazib olish kameralarining parametrlarini takomillashtirish imkonini bergan;
qazib olinayotgan bloklarning samarali parametrlari «Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DK Janubiy kon boshqarmasi «Charmitan» va «G‘ujumsoy» konlarida joriy etilgan («Navoiy kon-metallurgiya kombinati» DKning 2020 yil 13 oktyabrdagi 02-05-05/10733-son ma’lumotnomasi). Natijada, kon lahimlarining va qazib olish kameralarining geomexanik holatini yaxshilash, qazib olinayotgan rudaning sifatini oshirish va mustahkamlashning progressiv turlarini qo‘llash doirasini kengaytirish imkonini bergan.