Denisova Umida Jumamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Malakali basketbolchi qizlarda tiklanish jarayonlarini lazer nurlari ta’sirida jadallashtirish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped824.
Ilmiy rahbar: Safarova Dilbar Djamalovna,biologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi,IK raqami: O‘zbekiston davlat jismo¬niy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Red 28.01.
Rasmiy opponentlar: Allamuratov Shuxratulla Inoyatovich,biologiya fanlari doktori, professor; Raximov Vladimir Shavkatovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malakali basketbolchi qizlarda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tiklanish jarayonining innovatsion texnologiyalar ta’siri ostida samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
basketbolchilarning tezkor-kuch qobiliyatini rivojlantirish uchun trenirovka jarayonining har hil mezotsikllarida mushaklarning izometrik, izokinetik va auksotonik ish rejimidagi mashqlarni qo‘llash hisobiga maxsus harakat tayyorgarligini oshirish imkoniyati takomillashtirilgan; 
basketbolchi qizlar organizmining kuchli yuklamalar ta’sirida ortiqcha toliqish holatidan umumiy va maxsus tayyorgarlik ko‘rsatkichlarini tiklanish muddatlarini qisqarishi hisobiga asosiy o‘yinlarga tayyorlash imkoniyati kengaytirilgan;
basketbolchi qizlarning yuqori ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish uchun organizmning aerob imkoniyatlaridan kelib chiqib engil atletika vositalarini tanlash hisobiga umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirish imkoniyati kengaytirilgan;
basketbolchi qizlarning maxsus harakat sifatlarini rivojlantirish uchun somatik parametrlarini hisobga olganholda jamoa o‘yinchilarining ampluasidan kelib chiqib tana vazni komponentlari bo‘yicha o‘yin taktikasi takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malakali basketbolchi qizlarning trenirovka jarayonida past jadallikdagi magnito-infraqizil lazeroterapiyani qo‘llash bo‘yicha tajribalarda olingan ilmiy natijalar asosida: 
basketbolda tana komponentining tarkibiy ko‘rsatkichlarini aniqlash asosida hujumchi, himoyachi va markaziy o‘yinchilar amplualari belgilash tartibi “OGMK” basketbolchi qizlar jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajribalarning yakuniga kelib, sportchi qizlar organizmining to‘liq tiklanishi jarayoni 3-sutkada oxiriga etdi, bu hodisa 2 kunga tez sodir bo‘lgan;
tananing somatik o‘lchamlari va aylanma katatliklarini jismoniy ishchanlik qobiliyatiga bog‘liqligini aniqlash asosida basketbolchi qizlarning tezkor-kuch sifatlarini oshirish vositalari Sport o‘yinlari bo‘yicha Respublika oliy sport maktabi basketbolchi qizlar jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, tezkorlik jismoniy sifatini “100 m yugurish” testida baholash paytida o‘sish 4,2% ni, “joyidan turib uzunlikka sakrash” testida baholash paytida - 3,0% ni tashkil qilgan; 
trenirovka dasturlari samaradorligini, tiklovchi vositatlarning maxsus majmualarini, xususan, maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish va jismoniy ishchanlik qobiliyatini malakali basketbolchi qizlarning o‘yin ampluasini hisobga olgan holda oshirish uchun lazeroterapiyani qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Sportning olimpiya va milliy turlari bo‘yicha Nukus oliy sport maktabi basketbolchi qizlar jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajribalarning yakuniga kelib, tezkor chidamlilik jismoniy sifatini “800 m yugurish” testida baholash paytida o‘sish 5,2% ni tashkil qilgan;
trenirovka dasturlari samaradorligini tiklovchi vositatlarning maxsus majmualarini, xususan, maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish uchun lazeroterapiyani qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Toshkent shahar Sportning o‘yin turlari va engil atletika bo‘yicha IBO‘SM basketbolchi qizlar jamoasining o‘quv-trenirovka jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligining 2020 yil28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Natijada, tajribalarning yakuniga kelib, kuch jismoniy sifatini “ichi to‘ldirilgan to‘pni uloqtirish” testida baholash paytida o‘sish 13,9%, tezkorlik jismoniy sifatini “30 yugurish” testida baholash paytida o‘sish 3,6% ni tashkil qilgan;
lazeroterapiyani qo‘llash bilan treniprovka dasturlari samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar Tibbiyot xodimlarini kasbiy malakasini oshirishni rivojlantirish markazini o‘quv jarayoniga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligini 2020 yil 28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Lazerli rag‘batlagichni qo‘llash samarali hisoblanadi, chunki tiklanish jarayonlarini tezkor o‘tishiga ko‘maklashadi. Tajriba guruhi basketbolchi qizlarida mas’uliyatli musobaqalardan keyingi tiklanish hamda ortiqcha toliqishni yuzaga kelishidan keyingi tiklanish 3 sutka davomida sodir bo‘lgan;
yuqori malakali basketbolchi qizlarda ortiqcha toliqish hodisalari paytida tiklanish samaradorligini o‘rganish hamda maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantirish maqsadida teri orqali past jadallikdagi magnito-infraqizil lazeroterapiyani qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar Vaksinalar va zardoblar ilmiy-tekshirish institutining umumiy epidemiologiya laboratoriyasi faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligini 2020 yil 28 avgustdagi 02-07-08-2318-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotlarning oxirida tajriba guruhi basketbolchi qizlari organizmini to‘liq tiklanishi jarayoni 3-sutkaga kelib yakunlangan, bu, nazorat guruhi sportchilarinikiga nisbatan 2 sutkaga kam hisoblanadi;
basketbolchi qizlarda innovatsion texnologiyalar ta’siri ostida jismoniy ishchanlik qobiliyatini tiklanish jarayonining samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar “Basketbol nazariyasi va uslubiyati”nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va maxsus ta’lim vazirligining 2021 yildagi 237-son buyrug‘i asosida 237-287-raqamli guvohnomasi). Natijada, basketbolchi qizlarda jismoniy ishchanlik qobiliyatini tiklanishi jarayoni 3 sutka davomida sodir bo‘lishigaxizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish