Asilova Gulshan Asadovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bojxona va soliq yo‘nalishlari talabalarining davlat tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasini rivojlantirish (rus guruhlarida)», 13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Ped3.
Ilmiy maslahatchi: Muxitdinova Xadicha Sobirovna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.27.06.2017.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Nodira Melibaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedova Laylo Talibjanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Axmedov Oybek Saporboevich, filologiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarining bojxona va soliq yo‘nalishlari rus guruhlari talabalarining davlat tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
til ta’limiga kompetent yondashuv va uni rus guruhlarida o‘zbek tilini o‘qitishda qo‘llashning lingvodidaktik asoslari takomillashtirilgan;
bojxona va soliq yo‘nalishlari rus guruhlari talabalarining o‘zbek tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasi og‘zaki va yozma, monologik va dialogik nutq turlariga aloqadorligiga ko‘ra komponentlarga ajratilgan;
bojxona va soliq yo‘nalishlari uchun o‘zbek tili fanining o‘quv-dasturiy ta’minotida sohaviy terminlarning yoritilishi hamda o‘rgatilishi ilmiy-metodik jihatdan takomillashtirilgan;
bojxona va soliq yo‘nalishlari rus guruhlari talabalarining kasbiy monologik va dialogik nutqini o‘stirishning uch bosqichli tizimi ishlab chiqilgan;
rus guruhlari talabalariga bojxona va soliq sohalariga oid ichki me’yoriy hujjatlarni davlat tilida tuzish, to‘ldirish va rasmiylashtirishni o‘rgatishning samarali metodikasi ishlab chiqilgan;
bojxona va soliq yo‘nalishlari rus guruhlari talabalarining davlat tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasining rivojlanganlik ko‘rsatkichlari aniqlangan va baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bojxona va soliq yo‘nalishlari rus guruhlari talabalarining davlat tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasini rivojlantirish bo‘yicha olingan natijalar va ishlab chiqilgan takliflar asosida:
bojxona va soliq tizimlarida qo‘llanadigan normativ hujjatlarni davlat tilida tuzish, to‘ldirish hamda rasmiylashtirishga o‘rgatish bo‘yicha ilmiy-metodik tavsiyalar bojxona sohasiga oid xalqaro hujjatlar hamda bitimlarni tarjima qilish, bojxona amaliyotida normativ hujjatlarni yuritishga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 9 noyabrdagi 03-05/13-6552-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 6 dekabrdagi 16/1-28640-son ma’lumotnomalari). Bu amaldagi sohaviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat tilida to‘g‘ri yuritish hamda elektron hujjat aylanishini samarali amalga oshirish mexanizmini takomillashtirishga imkon bergan;
ilmiy-metodik tavsiyalardan “Bojxona ko‘rigi dalolatnomasini ro‘yxatga olish va to‘ldirish tartibi”, “Bojxona yuk deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma”, “Bojxona ishi sohasida qo‘llaniladigan ayrim hujjatlar va hisobotlarning shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Bojxona yuk deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish haqida”gi qaror, Davlat bojxona qo‘mitasining “Bojxona organlari tomonidan aniqlangan huqubuzarlik holatlari bo‘yicha tuziladigan protsessual hujjatlar shakllarini tasdiqlash to‘g‘risida”, “Davlat bojxona xizmati organlarida ichki idoraviy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyruqlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 9 noyabrdagi 03-05/13-6552-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 6 dekabrdagi 16/1-28640-son ma’lumotnomalari). Mazkur tavsiyalardan soliq organlarining tahlil va nazorat hamda tashkiliy-boshqaruv faoliyatida foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Ularning amaliy qo‘llanishi moliya va davlat xizmati organlarida soliq tushumlarini tahlil qilish, rejalashtirish hamda prognozlashtirish, davlat soliq xizmati organlarida joriy qilingan dasturiy mahsullarda axborot-tahlil ishlarini olib borish, soliqqa oid ma’lumotlarning yagona kompyuter bazasini yuritish, soliq to‘lovchilarga davlat tilida ma’lumotnomalar berish, yuridik va jismoniy shaxslarning soliq solish hamda soliq qonunchiligining buzilishi masalalari bo‘yicha murojaatlarini ko‘rib chiqish, fuqarolarning og‘zaki va yozma murojaatlarini, shikoyat hamda arizalarini ko‘rib chiqib, qonuniy tartibda hal etishda xizmat qilgan;
bojxona va soliq terminlarining tarjimasiga oid ilmiy-nazariy hamda metodik tavsiyalardan O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining loyihasini tayyorlash hamda uni tarjima qilish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 9 noyabrdagi 03-05/13-6552-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 6 dekabrdagi 16/1-28640-son ma’lumotnomalari). Shuningdek, ulardan Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Respublika axborot-maslahat markazi saytining materiallarini tayyorlashda foydalanilgan. Bu soliq sohasiga oid terminlarning samarali tarjima qilinishiga asos bo‘ladi;
rus guruhlari talabalarining o‘zbek tilida kasbiy muloqot yuritish kompetensiyasini rivojlantirish tizimidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21 avgustdagi 303-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Bojxona ishi” va 5230800-Soliqlar va soliqqa tortish bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining 2016 yil 9 noyabrdagi 03-05/13-6552-son va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2016 yil 6 dekabrdagi 16/1-28640-son ma’lumotnomalari). Natijada mazkur yo‘nalishlar talabalari tomonidan “O‘zbek tili” fani bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining yuqori bo‘lishiga erishilgan.