To‘xtaeva Malika Saydiaxralovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “XX asr 20-40-yillarida O‘zbekiston tasviriy san’atining ijtimoiy tarixi” 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tar34.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019 Tar.56.01.
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Xakimov Akbar Abdullaevich,  san’atshunoslik fanlari doktori, professor, akademik; Isakova Muhayo Sirajidinovna, tarix fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asr 20–40-yillarida O‘zbekiston SSRdagi ijtimoiy holat va totalitar tuzum siyosatining ijtimoiy-madaniy oqibatlarini tasviriy san’atning institusional jihatlari orqali ochib berishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ma’muriy-buyruqbozlik tuzumiga qaramay, O‘zbekistonda milliy san’at an’analariga asoslangan yo‘nalishlarning markaziy hududlardan farqli o‘laroq, 1940-yillarga qadar saqlanib turganligi aniqlanib, bu holat amalda, SSSR tarkibiga kiritilgan xalqlarda hukumatga qarshi siyosiy norozilikni kuchaytirmaslik hamda chekka, ayniqsa geostrategik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘lkalarni boshqarish mexanizmining o‘sha paytda hali to‘liq ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘liqligi dalillangan; 
mustaqil tuzilma sifatida tashkil etilgan “Badiiy fond” amalda O‘zbekiston SSR “Rassomlar Uyushmasi”ga butunlay qaram bo‘lganligi isbotlanib, tasviriy san’atning “imtiyozli elitasi” bilan oddiy rassomlar o‘rtasida davlat buyurtmalarining taqsimoti va ularga mablag‘ ajratishdagi adolatsizlik hamda ijodkorlarning kundalik turmushdagi muammolariga doir hujjatlar (stenogrammalar) asosida monopol siyosatning “mulkiy va ijtimoiy tabaqalanish”, ijodiy biqiqlik singari ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari ochib berilgan; 
sovet hokimiyati “moddiy rag‘batlantirish evaziga rassomlarning g‘oyaviy sadoqati va tuzumga mafkuraviy jihatdan xizmat qilishiga erishgan”ligi borasidagi fanda mavjud nazariyaning hayotiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, aksincha bunday “vafodorlik” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim o‘tkazish, o‘ta qiyin sharoitlar hamda bo‘ysunmaganlarni namoyishkorona qatag‘on qilish choralari orqali ta’minlanganligi asoslab berilgan;
“hukumat” va “rassom”ni ikkita alohida toifaga ajratgan holda, ularni bir-biriga qat’iyan qarama-qarshi qo‘yuvchi “binarlik” nazariyasi inkor etilib, san’at va madaniyat boshqaruvi tizimining izchil manzarasini yaratish orqali rassomlar ushbu yaxlit mexanizmning ajralmas qismi bo‘lganliklari dalillangan.
IV. Tadqiqot  natijalarining joriy qilinishi. XX asr 20-40- yillaridagi O‘zbekiston tasviriy san’atining ijtimoiy tarixini tadqiq etish jarayonida ishlab chiqilgan ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
ma’muriy-buyruqbozlik tuzumiga qaramay, O‘zbekistonda milliy san’at an’analariga asoslangan yo‘nalishlarning markaziy hududlardan farqli o‘laroq, 1940-yillarga qadar saqlanib turganligi, bu holat amalda, SSSR tarkibiga kiritilgan xalqlarda hukumatga qarshi siyosiy norozilikni kuchaytirmaslik hamda chekka, ayniqsa geostrategik ahamiyatga ega bo‘lgan o‘lkalarni boshqarish mexanizmining o‘sha paytda hali to‘liq ishlab chiqilmaganligi bilan bog‘liqligini asoslovchi materiallardan Tarix institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan FA-F1-GO23 “O‘zbekistonda ta’lim tarixi va tarixshunosligi: tajriba, muammolar, rivojlanish va o‘rganish” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1322-son ma’lumotnomasi). Natijalar XX asrning dastlabki o‘n yilliklarida O‘zbekistonda badiiy ta’limning qaror topishi va rivojlanishi tarixi, sovet hokimiyatining badiiy ta’lim sohasidagi siyosati, badiiy idoralarining ijtimoiy muammolarini yoritib berishga asos bo‘lgan;
sovet hokimiyati “moddiy rag‘batlantirish evaziga rassomlar va badiiy ta’lim xodimlarining g‘oyaviy sadoqati va tuzumga mafkuraviy jihatdan hizmat qilishiga erishgan”ligi borasida fandagi mavjud nazariy xulosalarning hayotiy haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi, hukumatga “vafodorlik” to‘g‘ridan-to‘g‘ri bosim o‘tkazish, o‘ta qiyin sharoitlar hamda bo‘ysunmaganlarni namoyishkorona qatag‘on qilish choralari orqali ta’minlanganligini ochib berishga qaratilgan hujjatli dalillar hamda ilmiy xulosalardan Tarix institutida 2017-2018 yillarda bajarilgan OT-A1-125 “O‘zbekiston tarixining manbashunosligi va tarixshunosligi: nazariyasi, shakllanishi va rivojlanishi (qadimgi davrdan hozirgacha) mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2020 yil 25 iyundagi 3/1255-1322-son ma’lumotnomasi). Natijalar O‘zbekiston tasviriy san’at tarixini yanada chuqurroq o‘rganish, uning mazmun-mohiyatini chuqurroq ochib berishga, xalqimiz milliy merosi va madaniy qadriyatlarini asrab-avaylashni targ‘ib etishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish