Rajapova Madina Faridunovnaning
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Intellektual mahsulot va xizmatlar bozorida elektron tijoratdan foydalanish samaradorligini oshirish”,08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.PhD/Iqt403.
Ilmiy rahbar: Maxmudov Nosir Maxmudovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqarov Tohir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Umarov Omonullo Saidaminovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori(PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi intellektual mahsulotlar va xizmatlar bozorida elektron tijoratdan foydalanish samaradorligini oshirishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida «xarid.uzex.uz» platformasiga ilk bor yagona «clearing» tizimini joriy qilish orqali davlat xaridlari elektron tizimidan foydalanish mexanizmi ishlab chiqilgan;
intellektual mahsulot va xizmatlar bozorida «Intellektual mahsulot va xizmatlarni sotish uchun elektron tijorat dasturi»ni keng qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy–innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limining tashkiliy tuzilmasi takomillashtirilgan;
elektron tijorat samaradorligini baholashning «iqtisodiy samaradorlik», «tashkiliy samaradorlik» va «marketing samaradorligi» ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari orqali xarid.uzex.uz ishtirokchilarini baholash tizimi ishlab chiqilgan; 〖IS〗_et=D_et/X_et , 〖TS〗_et=F_et/F_m ,M_et=C/V.
intellektual mahsulot va xizmatlar bozori sub’ektlari o‘rtasida ilk bor «elektron to‘lov tizimlarini integrallashtirish» provayderlari orqali «ima.uz» portaliga interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘lim faoliyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Intellektual mahsulotlar va xizmatlar bozorida elektron tijoratdan foydalanish samaradorligini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar asosida:
ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish maqsadida «xarid.uzex.uz» platformasiga ilk bor yagona «clearing» tizimini joriy qilish orqali davlat xaridlari elektron tizimidan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqishda hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli “Tovar xom ashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zRTXB” AJ faoliyatini rivojlantirishning o‘rta muddatli strategiyasi (2020-2023yy)ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 11 iyundagi 01-12/1624–son ma’lumotnomasi, «O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 17 iyundagi 01–09/1949–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida ishtirokchilar (etkazib beruvchilar)ning byudjet buyurtmachilar va korporativ buyurtmachilar lotlari bo‘yicha elektron savdolarda qatnashish uchun oldindan kiritilishi talab etiladigan «zakalat pul mablag‘lari»ni yagona kliring hisobvaraqlariga o‘tkazishlari orqali bir vaqtning o‘zida davlat xaridining barcha platformalarida ishtirok etish imkoniyati yaratilgan. Bu bilan etkazib beruvchilarning kliring hisobvaraqlaridagi pul mablag‘larini boshqarish bo‘yicha murojaatlar 30% ga kamaydi. Ushbu takliflar mutaxassislar faoliyati jarayonlarini samarali tashkil qilish, ilmiy-innovatsion mahsulot harakatlarini boshqarish, mahsulot ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish, tovar oqimlari harakatini nazorat qilish jarayonlari takomillashtirildi va o‘tgan davrga nisbatan sotish hajmi 11,2 %ga oshirilgan;
intellektual mahsulot va xizmatlar bozorida «Intellektual mahsulot va xizmatlarni sotish uchun elektron tijorat dasturi»ni qo‘llash orqali oliy ta’lim muassasalarining Ilmiy–innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘limining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risidagi ilmiy yangilik Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti faoliyatida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 22 iyuldagi 89–03–2630–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning joriy etilishi natijasida funksional jihatdan ish hajmi kamayishiga erishildi va ma’lumotlarning tezkor hamda shaffofligi ta’minlandi, natijada universitetlardagi iqtisodiy hamkorlik munosabatlari 18,5 foizga oshgan;
elektron tijorat samaradorligini baholashning «iqtisodiy samaradorlik», «tashkiliy samaradorlik» va «marketing samaradorligi» ko‘rsatkichlarini hisoblash usullari orqali «xarid.uzex.uz» ishtirokchilarini baholash tizimini ishlab chiqish to‘g‘risidagi ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 18 martdagi 170-sonli qarori hamda Intellektal mulk agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi tovar xom-ashyo birjasi aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 17 iyundagi 01–09/1949–son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 11 iyundagi 01-12/1624–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etilishi natijasida 2020 yil 18 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar xomashyo birjalari faoliyatiga ilg‘or axborot texnologiyalarini joriy etish va elektron tijorat faoliyatini izchil rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 170 – sonli Qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan "O‘zRTXB" AJ faoliyatini rivojlantirishning o‘rta muddatli strategiyasi (2020-2023 yillar) va Intellektal mulk agentligi tomonidan ishlab chiqilayotgan “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”da foydalanildi hamda elektron tijorat samaradorligini baholash imkoniyatini oshirgan hamda axborotni qayta ishlashga sarflangan vaqtni tejash orqali 8,0 % samaradorlikka erishishni ta’minlagan;
intellektual mahsulot va xizmatlar bozori sub’ektlari o‘rtasida ilk bor «elektron to‘lov tizimlarini integrallashtirish» provayderlari orqali «ima.uz» portaliga interaktiv xizmatlar ko‘rsatuvchi bo‘lim faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy yangilik “Intellektual mulkni rivojlantirish sohasida O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi”ni ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 11 iyundagi 01-12/1624–son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikni joriy etish natijasida axborot resurslarini yuritish va interaktiv davlat xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini axborot resurslar bazalari takomillashtirildi hamda intellektual mahsulotlar ma’lumotlar bazasiga haftasiga 7 kun, kuniga 24 soat vaqt davomida murojaat etish imkoniyati tashkil etildi va bu Agentlikning Axborot texnologiyalari bo‘limi faoliyati samaradorligini 10,0 foiz oshirishga erishilgan.