Dustbabaeva Nazifa Damirovananing
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ihtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  «Allergik rinitga chalingan bemorlarda kesishuvchi sezuvchanlik aspektlari va davo usullarini takomillashtirish», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1593.
Ilmiy rahbar: Nazarov Azadbek Axmedovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti, DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01.
Rasmiy opponentlar: Ruzibakieva Malika Ruslanovna, tibbiyot fanlari doktori; Ubaydullaeva Naima Nabixanovna, tibbiyot fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Allergik rinitga chalingan bemorlarda kesishuvchi sezuvchanlik jihatlari va davo usullarini takomillashtirish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘zbek populyasiyasida allergik rinit va oziq-ovqat allergiyalari bilan kesishuvchi sezuvchanlik bo‘lganida kasallik kechishi va asoratlari rivojlanishi immun tizim sitokinlari (IL-13, IL-17A) miqdori ko‘rsatkichlari ortishiga to‘g‘ri proporsional bog‘liqligi aniqlangan;
ilk bor o‘zbek millatiga xos aholida allergik rinit xamda uning  oziq-ovqat kosensibilizatsiyasi bilan birga kelganida IL-17A rs2275913, sitoxrom R-450 1A1 (CYP1A1 (*2C I462V (A>G)) va R-450 3A4 (CYP3A4 (*1B A>G)) genlar polimorfizmi aniqlangan, IL-17A genining salbiy  A alleli va  A/A+G/A genotiplari ushbu patologiyaga moyillik rivojlanishi bilan bog‘liqligi isbotlangan; 
ilk bor o‘zbek populyasiyasida IL-17A rs2275913 genining polimorf lokusining A alleli va A/A+G/A genotiplari og‘iz allergiyasi sindromi (OAS) bilan uzviy bog‘liq allergik rinit rivojlanish xavfining genetik omili ekanligi isbotlangan;
ilk bor allergik rinit va oziq-ovqat allergiyalari bilan kesishuvchi sezuvchanlik bo‘lganida N1-gistamin reseptorlari blokatorlari (dezloratadin) IL-17A (rs2275913) genining  A/A+G/A allel variantlarida G/G variantiga nisbatan kuchliroq ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allergik rinitga chalingan bemorlarda kesishuvchi sezuvchanlik jihatlari va davo usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
allergik rinitli bemorlarda oziq-ovqatlarga kesishuvchi sezuvchanlik aniqlash bo‘yicha tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Allergik rinitni olib borish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanomasi  tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 29 yanvardagi 8n-d/44-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi bemorlarda kasallik rivojlanish xavfi va oziq-ovqat kosensibilizatsiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan allergik rinit og‘irligini erta tashhislash va hayot sifatini oshirishga  xizmat qilgan;
allergik rinitga chalingan bemorlarda oziq-ovqat kosensibilizatsiyasi bilan bog‘liq allergik rinit jihatlari va davo usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amalietiga, jumladan, Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi  amaliy faoliyatiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 27 maydagi 08-04/4769-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotga joriy etilishi kasallikni erta tashxislash, davolash taktikasini takomillashtirish, kasallik asoratlarini kamaytirish, tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, kasalxonada davolanish davomiyligini qisqartirish xamda nogironlikni kamaytirishga imkon yaratgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish