Yunusova Zarina Serverovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allergodermatozlar bilan xastalangan bemorlarda opportunistik infeksiyalarning klinik-immunologik xarakteristikasi va optimal mahalliy davolash usullari», 14.00.11 – Dermatologiya va venerologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib476.
Ilmiy rahbar: Mavlyanova Shaxnoza Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan dermatovenerologiya va kosmetologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Arifov Saidkasim Saydazimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Vaisov Adxam Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: terining allergik kasalliklari bo‘lgan bemorlarning terisida opportunistik infeksiyalarning rivojlanishini klinik-mikrobiologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini aniqlash va optimal tashqi davolash takomillashgan usulini ishlab chiqishdan iborat
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
terining allergik kasalliklari surunkali kechgan bemorlarda opportunistik infeksiyalarning persistent shakllari 37,2% holatda st. aureus genotiplari asosida isbotlangan;
AlD bemorlarida opportunistik infeksiyaning persistent shakllari qo‘zg‘atuvchilari orasida 65,4% holatda metilsillinrezistent stafilokokk (MRSA), 25% holatda toksik zarba sindromi toksini Tsst va 1,9% holatda Pantona-Vallentayna –Luk-433 leykotsidini genotiplari tashkil etgani hamda 27,1% holatda metilsillinrezistent stafilokokk (mecA) va toksik zarba sindromi toksini(Tsst) genotiplari kontaminatsiyasi aniqlangan;
MRSA va Tsst genotiplari keltirib chiqaradigan opportunistik infeksiyali allergik teri kasalliklarining klinik kechishi qaytalanuvchi hususiyatga ega bo‘lishi va 70,2% hollarda tashqi davolashga rezistentligi isbotlangan;
opportunistik infeksiyali terining allergik kasalliklari kuzatilgan bemorlarida sitokin statusining funksional faoliyatida yallig‘lanish sitokini IL-6 konsentratsiyasining 4,8 martaga va umumiy immunoglobulin IgE ni 1,9 martaga oshgan, yallig‘lanishga qarshi sitokin IL-10 ni 1,1 martaga kamaygan, bu esa st. aureus – MRSA shartli-patogen mikroorganizmi genotipining persistentlanishini xronizatsiyasi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Allergodermatozlar bilan xastlangan bemorlarga tashhis qo‘yish, uni davolash va profilaktik usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
allergodermatozlarning og‘irlik darajasini klinik-immunologik tashhislash usuli, kasallikni tashqi terapiya usullari yordamida davolashning yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan “Allergodermatitlarda teri opportunistik infeksiyalarining tashqi terapiya usullari” nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 noyabridagi 8n–r/463-son ma’lumotnomasi). Tashqi terapiya mazkur usulining joriy etilishi simptomlar shkalasining dermatologik indeksi (SShDI) va zararlangan o‘choqlarda shartli-patogen mikroorganizmlar kolonizatsiyasi darajasini kamaytirish imkonini bergan;
allergodermatozlari bo‘lgan bemorlarda opportunistik infeksiyalarning klinik-immunologik tavsifini o‘rganish va tashqi terapiyaning optimal usullari bo‘yicha allergodermatitlarda teri infeksiyalarini davolash va tashxislashning ishlab chiqilgan usullari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Namangan viloyat teri-tanosil dispanseri va MChJ “Embrioservis” xususiy klinikasining klinik amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 5 dekabridagi 8n–d/296-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning klinik amaliyotiga joriy etilishi tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirish, tashhislash va davolashning yangi usullarini qo‘llash orqali bemorlar hayot sifatini yaxshilanishi, terapevtik samaradorlikning 62,8% ga oshirish, ambulator va statsionar davolash davomiyligini qisqartirish hisobiga iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini bergan.