Hamdamov Islom Akramovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosining ijtimoiy-falsafiy mohiyati”, 09.00.03- Falsafa tarixi (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fal.308.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rustam Tohirovich, falsafa fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.Fil.72.08.
Rasmiy opponentlar: Qodirqul Ruzmatzoda,falsafa fanlari doktori, dotsent;Zoyirov Erkin Xalilovich falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xoja Ahror tasavvufiy merosidagi ijtimoiy-falsafiy va ma’naviy-axloqiy g‘oyalarni ochib berish va yoshlarni axloqiy-ma’naviy tarbiyalashga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosidagi ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, diniy-irfoniy va siyosiy qarashlardagi insonning zohiran va botinan axloqli bo‘lishi, ijtimoiy adolat g‘oyalarining ildizlari bugungi davr ijtimoiy qiyofasi va milliy xarakteri bilan bog‘liqligi «Risolai Volidiya», «Risolai Anfosi Nafiysa», «Rashha», «Ruqa’ot» kabi tarixiy manbalar asosida ochib berilgan;
Xoja Ahror Valiyning «Risolai Volidiya» va «Risolai Havraviya» asarlaridagi ontologik va antropologik qarashlarining (borliq, tana va ruhning o‘zaro aloqadorligi) gumanistik mohiyati ( insoniylik, xaqiqatini anglash, o‘z nafsini tiyish, nafsga qarshi kurashish), bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati (dunyoviy ham diniy bilimlarni egallash va ularga amal qilish) sabab va oqibat, mohiyat va hodisa kabi falsafiy kategoriyalar vositasida asoslangan;
Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosining o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojidagi g‘oyaviy yetakchilik roli va naqshbandiya-ahroriya tariqatining xalqparvarlik, birdamlik, bag‘rikenglik, jo‘mardlik xususiyatlari «Faqarot ul-orifiyn» va «Rashha-hikmat» manbalar asosida ochib berilgan;
Xoja Ahror Valiyning «Ruqa’ot»larida (maktub) ilgari surilgan ijtimoiy «murosasozlik» konsepsiyasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik tinchliksevarlik tamoyillari bilan adekvat (mos) ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosining ijtimoiy-falsafiy mohiyatini aniqlash jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosidagi ijtimoiy-falsafiy, ma’naviy-axloqiy, diniy-irfoniy va siyosiy qarashlardagi insonning zohiran va botinan axloqli bo‘lishi, ijtimoiy adolat g‘oyalarining ildizlari bugungi davr ijtimoiy qiyofasi va milliy xarakteri bilan bog‘liqligi «Risolai Volidiya», «Risolai Anfosi Nafiysa», «Rashha», «Ruqa’ot» kabi tarixiy manbalar orqali asoslab berilganligiga doir xulosa, taklif va tavsiyalaridan «Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi» nomli darslikning «Komil insonning shakllanishida milliy g‘oyaning o‘rni» deb nomlanuvchi 18-bobidagi «Komil inson, barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun-mohiyati», «Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar, barkamollik sifatlari va mezonlari», «Komil insonning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar, shart-sharoitlar», «Barkamol avlodning shakllanishi, unga xos xususiyatlar: yangicha tafakkur, falsafiy dunyoqarash, ma’naviy axloqiy poklik, yuksak ma’naviyat» mavzularini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 15 iyundagi 89/03-2053-son ma’lumotnomasi). Natijada, xulosa, taklif va tavsiyalar darslik mazmunini nazariy jihatdan takomillashtirishga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiyning «Risolai Volidiya» va «Risolai Havraviya» asarlaridagi ontologik va antropologik qarashlarining (borliq, tana va ruhning o‘zaro aloqadorligi) gumanistik mohiyati ( insoniylik, xaqiqatini anglash, o‘z nafsini tiyish, nafsga qarshi kurashish), bugungi avlod tarbiyasidagi ahamiyati (dunyoviy ham diniy bilimlarni egallash va ularga amal qilish) sabab va oqibat, mohiyat va hodisa kabi falsafiy kategoriyalar vositasida asoslanganligiga doir ilmiy xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi tomonidan nashr etilgan «O‘rta asr Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi» nomli ensiklopediyasidagi «Xoja Ahror Valiy ma’naviy merosi» mavzusini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom al-Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazining 2020 yil 11 iyundagi 02-//152-son ma’lumotnomasi). Natijada, tasavvuf allomalari haqidagi ilmiy xulosalar ensiklopediya mazmunini boyitishga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiy tasavvufiy merosining o‘rta asrlar falsafiy tafakkur rivojidagi g‘oyaviy yetakchilik roli va naqshbandiya-ahroriya tariqatining xalqparvarlik, birdamlik, bag‘rikenglik, jo‘mardlik xususiyatlari «Faqarot ul-orifiyn» va «Rashha-hikmat» manbalar asosida ochib berilganligiga oid taklif va tavsiyalaridan ta’lim muassasalarida o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy bilimlari va dunyoqarashini yuksaltirishga qaratilgan «Yurtim tarixini o‘rganaman» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 18 avgustdagi 03//007-700-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif va tavsiyalar aholi orasida tasavvuf allomalari merosidagi ma’naviy-axloqiy, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Xoja Ahror Valiyning «Ruqa’ot»larida (maktub) ilgari surilgan ijtimoiy «murosasozlik» konsepsiyasi jamiyat taraqqiyotini ta’minlashning maslahat, kelishish, sheriklik, hamkorlik, o‘zaro yaqin qo‘shnichilik tinchliksevarlik tamoyillari bilan adekvat (mos) ekanligiga oid ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalaridan Samarqand viloyat teleradiokompaniyasida 2019 yil 9 aprel` kuni efirga uzatilgan «Sharq gavhari», «Diyor informatsion dasturi» hamda 12 aprel` kuni efirga uzatilgan «Meros» ko‘rsatuvlari dasturi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokompaniyasining 2020 yil 27 iyuldagi 09-01/231-son ma’lumotnomasi). Natijada, ilmiy xulosa, taklif va tavsiyalarteletomoshabinlarning tasavvuf allomalari haqidagi bilimlarini va ko‘rsatuvlar mazmunini boyitishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish