Turdiev Bexruz Sobirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda demokratik jamiyat rivojlanishida ma’naviy yangilanishlar strategiyasi”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Fal422.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Ergashev Ibodulla, siyosiy fanlar doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Salomova Xakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, dotsent; Nazarov Nasriddin Ataqulovich, falsafa fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi demokratik jamiyat rivojida milliy va umuminsoniy qadriyatlar aloqadorligi, barqaror rivojlanish maqsadlarining o‘rnini ochib berish hamda ma’naviy yangilanishlar strategiyasining yo‘nalishlari va tamoyillariga oid taklif-tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
demokratik jamiyat rivojida ma’naviy yangilanishlar strategiyasi innovatsion taraqqiyot va milliy mentalitet uyg‘unligiga bog‘liqligi, iqtisodiyot va ma’naviyatni hamohanglikda rivojlantirish zaruriyati, universallik va moslashuvchanlik xususiyatlarining ma’naviy yuksalish konsepsiyasining prinsipini tashkil etishi inkorni inkor vositasi orqali dalillangan;
milliy barqaror rivojlanish maqsadlarining sifatli ta’lim, gendep tenglik, qashshoqlikni yo‘q qilish, tengsizlikni qisqaptipish, sog‘lom turmush tarzi, tinchlik, adolat va korrupsiyaga murosasiz munosabat ma’naviy taraqqiyot strategiyasini takomillashtirish tamoyillari ekanligi xususiylik va umumiylik kategoriyalari vositasida asoslangan;
demokratik ong va tafakkurning o‘zgarishi, fuqarolik pozisiyasi va daxldorlik hissining yuksalishi asosida “inson hamma narsaning o‘lchovi” degan muhim g‘oya jamiyat hayotiga singib borishi bilan dialektik bog‘liqligi ochib berilgan;
BMTning inson kapitali, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi konsepsiyalariga mos ravishda O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning individual qobiliyatlarini yuksaltirishga oid yo‘nalishlari falsafaning ekzistensial (hamohanglik, to‘ldiruvchanlik) kategoriyalari asosida isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda demokratik jamiyat rivojlanishida ma’naviy yangilanishlar strategiyasi jarayonida erishilgan ilmiy natijalar asosida:
demokratik jamiyat rivojida ma’naviy yangilanishlar strategiyasi tarixiylik va zamonaviylik, ochiqlik va bag‘rikenglik, universallik va moslashuvchanlik xususiyatlarga ega ekanligiga doir taklif va tavsiyalaridan 44-20/60-raqamli “Buxoro hunarmandchiligi dunyo nigohida” mavzusidagi amaliy loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 4 sentyabrdagi 89-03-3076-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy, madaniy, ma’naviy-ma’rifiy sohadagi islohotlar samaradorligini oshirish, komil insonning shakllanishida kasb-hunar va hunarmandchilikni egallashning muhim sharti ekanligini asoslashga nazariy-metodologik manba bo‘lib xizmat qilgan;
ma’naviy yangilanishlar jamiyatning rivojlanish maqsadlari, innovatsion taraqqiyot, xalqimizning milliy qadriyatlari va ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosiga tayanishiga oid taklif va tavsiyalaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 maydagi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaror dasturining 2 bob, 7-band ijrosi “Jamiyatda faol fuqarolik pozisiyasining shakllanishi holati, turli sohalarda olib borilayotgan islohotlarning aholi turmush tarziga ta’sirini o‘rganish maqsadida “Ijtimoiy rivojlanish va daxldorlik tuyg‘usi” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari dasturi ssenariylarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2020 yil 27 avgustdagi 02/07-731-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda 2017-2021 yillarda O‘zbekistan Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirishga qaratilgan hamda “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari!” shiori ostida ulkan bunyodkorlik va islohotlar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka etkazish imkonini bergan;
demokratik ong va tafakkurning o‘zgarishi, fuqarolik pozisiyasi va daxldorlik hissining yuksalishi asosida “inson hamma narsaning o‘lchovi” degan muhim g‘oya jamiyat hayotiga singib borishi to‘g‘risidagi taklif va xulosalardan Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida efirga uzatilgan “Harakatlar strategiyasi”, “Islohotlar samarasi”, “Kun mavzusi” ko‘rsatuvlari dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokompaniyasining 2020 yil 10 sentyabrdagi 1/228-son ma’lumotnomasi). Natijada ma’naviy yangilanishlar jarayonida fuqarolarning tafakkuridagi o‘zgarishlar, demokratik jamiyat rivojlanishida inson omili va manfaatlari ustuvorligi tamoyilini anglashga imkon yaratgan;
BMTning inson kapitali, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish to‘g‘risidagi konsepsiyalariga mos ravishda O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning individual qobiliyatlarini yuksaltirishga oid yo‘nalishlariga oid ilmiy asoslangan xulosa, taklif-tavsiyalardan 2017 yil 5 iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekistan yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Buxoro viloyati Kengashi tomonidan yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy o‘zlikni anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik, fidoiylik hissini qaror toptirish va rivojlantirishga qaratilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 28 avgustdagi 04-13/2272-son ma’lumotnomasi). Natijada mamlakatimizda yoshlarimiz o‘rtasida milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, ma’naviy yangilanishlarga daxldorlik tuyg‘usi sifatlarini yuksaltirishga xizmat qilgan.