Esonov Ziyodbek Yuldashevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining hunarmandchilik an’analari (XIX asr oxiri – XX asr boshlari), 07.00.07 – Etnografiya, etnologiya va antropologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2020.4.PhD/Tar565.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti, DSc.02/30.12.2019.Tar.56.01. 
Ilmiy rahbar: Abdullaev Ulug‘bek Saydanovich, tarix fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor; Azimova Nodira Hayitbaevna, tarix fanlari nomzodi. 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining hunarmandchilik an’analarini tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona vodiysi qishloqlarida hunarmandchilik mahsulotlari asosan azaldan xonaki ishlab chiqarishga asoslanganligi hamda XIX asr oxiri – XX asr boshlariga xos uy-hunarmandchiligi xo‘jalik-madaniy (o‘troq va yarimo‘troq) va etnik (o‘zbek, tojik, qirg‘iz, uyg‘ur) an’analar asosida shakllanganligi aniqlangan;
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vodiyning yirik qishloqlarda ishlab chiqarish mahsulotni tovar shaklida, markazlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda esa buyurtmaga yoki natural xo‘jalik ehtiyojlari natijasida uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etganligi tarixiy-etnografik materiallar asosida ochib berilgan;
qishloq sharoitida hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik, duradgorlik tarmoqlaridagi etnik va hududiy xususiyatlari xom-ashyoga ishlov berish an’analari hamda mahsulot turlari, ularning badiiy-estetik qiymatiga ko‘ra farqlanishi ko‘rsatib berilgan;
hunarmandchilik bilan bog‘liq e’tiqodiy qarashlar, marosimlar, urf-odatlar, ustoz-shogird an’analari ajdodlardan-avlodlarga o‘tib kelgan va ular mohiyatan homiy-pirlarga topinishga asoslanganligi tarixiy manbalar va etnografik materiallar asosida dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysi qishloq aholisining hunarmandchilik an’analari etnik xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar va ilmiy xulosa, takliflar asosida:
Farg‘ona vodiysida o‘zbek, tojik va uyg‘ur xalqlari xo‘jaligida hunarmandchilikning to‘qimachilik, kulolchilik, temirchilik va duradgorchilik tarmoqlaridagi etnohududiy xususiyatlar hunarmandchilik markazlarida xom-ashyo ishlovi, asbob-uskunalar tuzilishi, mahsulot turlari va ularning badiiy-estetik qiymatida namayon bo‘lishiga oid materiallardan Xalqaro “Oltin meros” jamg‘armasini tashkiliy faoliyatida foydalanilgan. (Xalqaro “Oltin meros” hayriya jamoat fondining 2019 yil 27 noyabrdagi 01 80 son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari xalq amaliy san’ati durdonalarini, hunarmandchilik an’analarini saqlab qolish va rivojlantirish hamda uni jahon madaniy merosining bir qismi sifatida targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida vodiyning yirik qishloqlarda ishlab chiqarish mahsulotni tovar shaklida, markazlardan uzoqda joylashgan qishloqlarda esa buyurtmaga yoki natural xo‘jalik ehtiyojlari natijasida uy-hunarmandchiligi shaklida taraqqiy etganligiga oid ma’lumotlardan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasining 2019 yil 27 noyabrdagi 02 02/1483 son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy tavsiyalar hunarmandchilik an’analarini keng targ‘ib etishga, milliy qadriyatlarni saqlash qolishga xizmat qilgan. 
Farg‘ona vodiysi aholisi hunarmandchilik an’analarining tarixiy taraqqiyoti, lokal va etnik xususiyatlari hamda urf-odatlarning tarixiy asoslariga doir ilmiy xulosalardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali “Javohir” ko‘rsatuvining “O‘zbek do‘ppido‘zligi”, “Milliy qandolatpazlik” hunarmandchiligiga bag‘ishlangan sonlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “Dunyo bo‘ylab” telekanali DUKning 2020 yil 14 yanvardagi 08-14-17-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan fikr va mulohazalar milliy hunarmandchilik bilan bog‘liq an’analar va qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda nomoddiy merosimizning ushbu namunasi misolida xalqimizning ko‘p asrlik an’analarini jamoatchilikka etkazishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish