Karomov G‘ulom Hamitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sog‘liqni saqlash sohasining yo‘lga qo‘yilishi”, 07.00.01- O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1. PhD/Tar467.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD. 03/27.02.2020. Tar.72.07.
Ilmiy rahbar: Mo‘minova Gavhar  Esonovna, tarix fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar:Rajabov Qahramon Kenjaevich,tarix fanlari doktori,professor;Hayitov Shodmon Ahmadovich,tarix fanlari doktori,professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch  davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sog‘liqni saqlash sohasining yo‘lga qo‘yilishi bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarni ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalarida ijtimoiy  kasalliklarning tarqalishiga ta’sir etgan davolash muassasalari va tibbiy xodimlar tanqisligi, sanitariya-epidemiya ishlarining sustligi, ocharchilik  kabi omillar va ularni bartaraf etishda tibbiyotda harakatdagi tibbiy otryadlarni tuzishtadbirlari, ijtimoiy turmush sharoitining inson salomatligiga ta’siri, tug‘ilish va bolalar o‘limining oldini olish kabi mutlaqo yangicha ijobiy yondashuvlaraniqlangan;
1917-1924 yillarda epidemiyalarga qarshi kurash asnosida shaharlarda birinchi marta aholi turar joylari sanitariya holatini nazorat qilib turuvchi “sanitariya inspeksiyasi” va “sanitariya milisiyasi” kabi yangi tuzilmalar bo‘lganligi, “epidemiya haftasi”, “tozalik haftaligi” tadbirlarining aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilganligi asoslangan;
Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalarida tibbiy sug‘urta amaliyotiO‘zbekistonda ilk marta XX asrning 20-yillarida qo‘llanilganligi, aholiga tibbiy xizmat bepul, pullik xizmat bilan birga sug‘urta shaklida bo‘lganligi aniqlangan;
Toshkentda qizilmiya o‘simligining ildizini qayta ishlash bo‘yicha korxonaning tashkil etilganligi, valeriana dorivor o‘simligini ko‘paytirish kabi tadbirlar O‘zbekiston farmatsevtika sanoatini shakllantirishdagi ilk qadamlar bo‘lganligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston ASSR, BXSR va XXSRda sog‘liqni saqlash sohasining yo‘lga qo‘yilishitarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalarida ijtimoiy  kasalliklarning tarqalishiga ta’sir etgan davolash muassasalari va tibbiy xodimlar tanqisligi, sanitariya-epidemiya ishlarining sustligi, ocharchilik  kabi omillar va ularni bartaraf etishda tibbiyotda harakatdagi tibbiy otryadlarni tuzishtadbirlari, ijtimoiy turmush sharoitining inson salomatligiga ta’siri, tug‘ilish va bolalar o‘limining oldini olish kabi mutlaqo yangicha ijobiy yondashuvlaryozma ma’lumotlarasosida aniqlashga doir natijalaridan OT-F8-002 raqamli «Hozirgi zamon sivilizatsiyasining inson ijtimoiy qiyofasiga ta’siri» nomli fundamental loyihaning ikkinchi bo‘limida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 martdagi 89-03-924-son ma’lumotnomasi). Natijada sog‘liqni saqlash sohasi islohotlarining ijobiy natijasi, avvalo, ijtimoiy turmush sharoiti bilan chambarchas bog‘liqligini, sog‘lom avlod tarbiyasida onalik va bolalikni muhofaza qilish ishining ahamiyatini asoslab berish imkonini bergan;
epidemiyalarga qarshi kurash asnosida shaharlarda birinchi marta aholi turarjoylari sanitariya holatini nazorat qilib turuvchi “sanitariya inspeksiyasi” va “sanitariya milisiyasi” kabi yangi tuzilmalar bo‘lganligi, “epidemiya haftasi”, “tozalik haftaligi” tadbirlarining aholi salomatligini mustahkamlashga xizmat qilganligi kabi ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qashqadaryo viloyat kengashining 2019 yilga mo‘ljallangan ishchi rejasining “Yosh ko‘ngillilar” (U-volunteers) targ‘ibot guruhi faoliyatini yo‘lga qo‘yish” (21-band) hamda yoshlar o‘rtasida tashkil etilgan “Sog‘lom turmush tarzi” mavzusida davra suhbatlari tashkil etish (33-band) bandlarini amalga oshirishda, targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borishda samarali foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashining 2020 yil 3 martdagi 04-13/893-son ma’lumotnomasi). Natijada yoshlar ongigaturarjoy sanitariyasi, sog‘lom turmush tarzining afzalliklarini yanada chuqurroq singdirish hamda tafakkurini boyitish imkonini bergan;
Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalarida tibbiy sug‘urta amaliyotiO‘zbekistonda ilk marta XX asrning 20 yillarida qo‘llanilganligi, aholiga tibbiy xizmat bepul, pullik xizmat bilan birga sug‘urta shaklida bo‘lganligikabi natijalaridan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” kanali orqali efirga uzatilgan “Tabobat tarixi” ko‘rsatuvining 2020 yil 26 fevral` kuni tasvirga olingan sonida foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 13-13/441-son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekiston tabobati tarixida Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalari davri ham o‘ziga xos o‘rin egallaganligi, aholiga tibbiy xizmat  bilan birga sug‘urta amaliyotibo‘lganligini asoslab berish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish