Tajibaev Soyib Samijonovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yosh bokschilarni tayyorlash tizimida harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi», 13.00.04–Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Ped.

Ilmiy rahbar: Xalmuxamedov Rustam Dekanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti, DSc.27.06.2017.Ped.28.01.

Rasmiy opponentlar: Xankeldiev Sher Xakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor;  Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlardan maqsadli foydalangan holda 11–13 yoshdagi bokschilarning harakat tayyorgarligini rivojlantirish metodikasini  ishlab chiqish va tajribada asoslashdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi 11–13 yoshli bokschilarning sport to‘garaklarini tashlab ketish sabablari va sport bilan shug‘ullanishga bo‘lgan motivatsiyasi aniqlangan;

yosh bokschilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini aniqlash dasturi ishlab chiqildi va boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh bokschilarning umumiy, maxsus jismoniy tayyorgarligi va jismoniy rivojlanishining yoshga xos dinamikasi aniqlandi;

harakatli o‘yinlar va boks sportiga xos harakat faoliyatlari biokinematikasi o‘zaro taqqoslanib, harakatlarning o‘xshashligi aniqlangan;

boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh bokschilarning harakat tayyorgarligida qo‘llaniladigan harakatli o‘yinlar tabaqalashtirildi va ularning shiddati, hajmi, me’yorlari aniqlanib, ularni o‘quv-mashg‘ulotlar jarayoniga tatbiq etish metodikasi ishlab chiqilgan.

IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Respublikamizda faoliyat yurituvchi boks sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktablarida boshlang‘ich tayyorgarlik bosqichida shug‘ullanuvchi yosh bokschilarning o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga 11–13 yoshli bokschilarning harakat tayyorgarligini oshirishda tabaqalashtirilgan harakatli o‘yinlarni qo‘llash metodikasi tatbiq etildi (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining dalolatnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi 11–13 yoshli bokschilarning chaqqonlik sifatini 11,8–13,5% ga, tezkor-kuch sifatini 15–17% ga, kuch sifatini 18,5–23,8% ga, egiluvchanligini 41–47% ga, chidamlilik 14–16 %ga o‘sishiga erishildi;

harakatli o‘yinlarni qo‘llagan holda yosh bokschilarni texnik-taktik harakatlarga o‘rgatish metodikasi samaradorligi quyidagicha: 11–13 yoshli bokschilarda oyoq harakatlari 9–13% ga, manyovr qilish harakatlari 14–16% ga, himoya harakatlari 11–15% ga, taktik harakatlar 13–17% ga yaxshilandi. Tadqiqot natijalari «Boks nazariyasi va uslubiyati» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 335-034-raqam bilan ro‘yxatga olingan) va «Yakka kurash sport turlari «Boks»» (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 32-022-raqam bilan ro‘yxatga olingan)va «Bokschilarning sport-pedagogik mahoratini oshirish» [DGU 02989] elektron mul`timedia darsliklari mazmuniga singdirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish