Tadjinazarov Murodbek Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Diagnostika i lechenie patologicheskix sinovial`nix skladok kolennogo sustava» («Tizza bo‘g‘imi patologik sinovial burmalarini tashxislash va davolash»), 14.00.22 – travmatologiya-ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1263.
Ilmiy rahbar: tibbiyot fanlari doktori Irismetov Murodjon Ergashevich.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Ilmiy kengash faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, Ilmiy kengash raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.62.01.
Rasmiy opponentlar: Proxorenko Valeriy Mixaylovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Murodulla Yuldashevich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi artroskopik xirurgik korreksiyaning taktik va texnik jihatlarini optimallashtirish orqali tizza bo‘g‘imi patologik sinovial burmalarida davolashni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tizza bo‘g‘imi patologik sinovial burmalari o‘zining shakli, jaroxat darajasi, rivojlanish bosqichiga ko‘ra polimorfologik tuzilishga ega bo‘lib, proliferativ va yallig‘lanish darajasining ifodalanishi yaqqol namoyon bo‘lgan artropatiya xolati ekanligi morfologik tadqiqotlar asosida isbotlangan;
tizza bo‘g‘imi patologik sinovial burmasini to‘liq olib tashlash va bo‘g‘im funksiyasini tiklash imkonini beruvchi rezeksiya, sheyverlash, koagulyasiyadan iborat bo‘lgan xamda old-medial va old-lateral yondashuv orqali bajariladigan artroskopik jarroxlik amaliyoti texnologiyasi ishlab chiqilgan;
tizza bo‘g‘imi patologik sinovial burmalari sindromi rivojlanishi oqibatida surunkali sinovitning shakllanishi, degenerativ-distrofik jarayonlarning rivojlanishi va xondromalyasiyaning shakllanishi isbotlangan;
jarrohlik yondashuvlarini optimallashtirishni hisobga olgan holda tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalari sindromi uchun diagnostika va davolash taktikasini tanlash mezonlari aniqlangan va ular asosida erta artroskopik jarrohlik davolash maqsadga muvofiqligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalarini davolash bo‘yicha tadqiqotlarning ilmiy natijalari asosida:
patologik sinovial burmalarni tashxislash va davolash tadqiqotlari natijalari asosida ishlab chiqilgan «Tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalarining diagnostikasi va jarrohlik davolash usuli» foydali modeliga Intellektual mulk agentligining patenti olingan (FAP 01538, 29.09.2020 y.). Tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalarini artroskopik diagnostika va davolash bo‘yicha tavsiya etilgan usul operatsiya natijalarini yaxshilash, shifoxonaga etqizish va amaliyotdan keyingi reabilitatsiya davrlarini qisqartirish imkonini bergan;
tizza bo‘g‘imining sinovial burmalari patologiyasining diagnostikasi bo‘yicha olinga ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tizza bo‘g‘imining sinovial burmalari patologiyasining diagnostikasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 8n-z/186-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imining sinovial burmalari patologiyasini tashhislash sifatini yaxshilashga imkon bergan;
patologik sinovial burmalarini artroskopik davolash bo‘yicha olinga ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Tizza bo‘g‘imining sinovial burmalari patologiyasini artroskopik davolash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 8n-z/186-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar tizza bo‘g‘imining sinovial burmalari patologiyasini kasallikning og‘ir bosqichi bo‘lgan guruh bemorlarida davolash natijalarini yaxshilashga imkon bergan;
tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalarini xirurgik davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Samarqand filiali va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi faoliyatiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 8n-z/186-son ma’lumotnomasi). Tizza bo‘g‘imining patologik sinovial burmalari bo‘lgan bemorlarni davolashda taklif etilgan kompleks yondashuvni qo‘llash ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik tibbiy yordam turini sezilarli darajada kengaytirish, yaxshi natijalar foizini 94,6%gacha oshirish, kasallikning murakkab kechish xavfini 18,1%dan 5,4%gacha, kasalxonaga yotqizish muddatlarini 36%ga kamaytirish va davolash xarajatlarini 27,4%ga kamaytirish imkonini bergan.