Alieva Kamola Ravshanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari», 12.00.02 – Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Yu414.
Ilmiy rahbar: Bekov Ixtiyor Rustamovich, yuridik fanlar nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkentdavlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.02.
Rasmiy opponentlar: Akilov Alimjan Raximovich, yuridik fanlar doktori, professor; Tastanbekova Gulchexra Sadanovna, yuridik fanlar nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida gender tengligi va uni kafolatlash bilan bog‘liq munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash, istisno etish yoki cheklash, shu jumladan oilaviy holati, homiladorligi, oilaviy majburiyatlari tufayli kamsitish, shuningdek shahvoniy shilqimlik qilish, teng mehnat va malaka uchun har xil haq to‘lash jins bo‘yicha bevosita kamsitish ekanligi asoslab berilgan;
Bola tug‘ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar jins bo‘yicha kamsitish hisoblanmasligi asoslangan;
Media mahsulotlarining gender ekspertizasi o‘tkazilmayotganligi, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi yoritilmayotganligi asoslab berilgan;
Uy mehnatida xotin-qizlar va erkaklar huquq hamda majburiyatlari teng ekanligi asoslangan;
Ish beruvchilar mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha xotin-qizlar va erkaklarning hayot faoliyatini hamda sog‘lig‘ini saqlashni ta’minlaydigan, shu jumladan reproduktiv funksiyalarni saqlaydigan xavfsiz mehnat sharoitlarni yaratishga majbur ekanligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasida gender tengligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jamiyat hayotining barcha sohalarida xotin-qizlar va erkaklarning huquqlari hamda erkinliklarini tan olmaslikka qaratilgan har qanday tarzda farqlash jins bo‘yicha bevosita kamsitish ekanligiga oid taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuning 3-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 1 dekabrdagi 05/1-04-253-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi gender kamsitishlar doirasini aniqlashga xizmat qilgan.
bola tug‘ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash bo‘yicha chora-tadbirlar jins bo‘yicha kamsitish hisoblanmasligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuning 5-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 1 dekabrdagi 05/1-04-253-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi gender kamsitishlari va ularning doirasini aniqlashga xizmat qilgan.
media mahsulotlarining gender ekspertizasi o‘tkazilmayotganligi, bosma va elektron ommaviy axborot vositalarida xotin-qizlarning jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi yoritilmayotganligi haqidagi taklif “2030 yilga qadar O‘zbekiston Respublikasining gender tenglikka erishish strategiyasi”ning “Bugungi holat va mavjud muammolar” deb nomlanuvchi ikkinchi bobi 31-xatboshisini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasining 2021 yil 2 iyundagi 1-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi gender sohasini rivojlantirishda media mahsulotlari va elektron ommaviy axborot vositalarini o‘rnini oshirishga xizmat qilgan.
uy mehnatiga nisbatan xotin-qizlar va erkaklar huquq hamda majburiyatlarining teng ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 24-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 1 dekabrdagi 05/1-04-253-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi oilaviy munosabatlarda gender tengligini ta’minlashga xizmat qilgan.
ish beruvchilar mehnat sharoitlarini yaratishda xotin-qizlarning reproduktiv funksiyalarni saqlaydigan xavfsiz mehnat sharoitlarni yaratishga majbur ekanligi haqidagi taklif O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunning 21-moddasini ishlab chiqishda inobatga olingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasining 2020 yil 1 dekabrdagi 05/1-04-253-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amalga oshirilishi mehnat munosabatlarida gender tengligini ta’minlashga xizmat qilgan.