Ernazarov Gulam Bekbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Uy-joy kommunal xo‘jaligi rivojlanishining iqtisodiy-statistik tahlili (Toshkent shahri misolida)”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt1290.
Ilmiy rahbar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, Akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc. 29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar:Maxmudov Nosir Maxmudovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mirzaev Imomnazar Qalandarovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Shahar joylarida uy-joy kommunal xo‘jaligi  rivojlanishini iqtisodiy-statistik tahlil etishning uslubiy jihatlarini, axborotlar bazasini hamda statistik ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish yuzasidan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyatini statistik hisobga olishning axborotlar bazasi «tanlanma kuzatish» uslubini qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
«davlat–xususiy sherikchilik» turidagi uy-joy xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy faoliyatini statistik baholashda haqqoniylikni ta’minlovchi «diskret-intervalli variatsion qatorlarni tuzish», «ko‘p omilli analitik guruhlash» statistik ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining iqtisodiy rivojlanish samaradorligini «vaqtli qatorlar», «o‘zaro bog‘langan ko‘rsatkichlarni qiyosiy taqqoslash», «tizimli tahlil» kabi tamoyillarni e’tiborga olgan holda statistik baholashning integrallashgan koeffisientidan foydalanish zarurligi asoslangan
K_c={(C_i-C_(i-1) )/(P_i-P_(i-1) ) }:(C_i-P_(i-1) );
ko‘p variantli ekonometrik modellarni tuzish asosida Toshkent shahridagi uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab  chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Uy-joy kommunal xo‘jaligi faoliyatini iqtisodiy-statistik tahlil qilish uslubiyatini takomillashtirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
uy-joy xo‘jaligi korxonalari faoliyatini ifodalovchi miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxlit bir tizimda baholash, xolisligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida ilk bor «uy–joy xo‘jaligini tanlanma kuzatish» uslubi bo‘yicha ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 apreldagi PF-5017-son “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 01/1–14–18–2–35 son ma’lumotnomasi va 2020 yil 9 iyundagi 46/1-son buyrug‘i). Natijada uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida axborotlarning to‘liqligi, aniqligi va shaffofligini ta’minlash hamda yuqori sifatli statistik axborotlar olish imkoniyatlari oshgan; 
xalqaro statistika andozalari va uslubiy tamoyillari asosida «davlat–xususiy sherikchilik» turidagi uy-joy xo‘jaligi korxonalarining faoliyatini baholashda haqqoniylikni ta’minlovchi «diskret-intervalli variatsion qatorlarni tuzish», «ko‘p omilli analitik guruhlash» statistik ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining uy-joy xo‘jaligi korxonalarining faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha strategiyalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining  2020 yil 28 maydagi 04/01–2028-son ma’lumotnomasi va 2021 yil 14 apreldagi 109-son buyrug‘i). Mazkur yangilikning amaliyotga joriy etilishi davlat-xususiy sherikchilik korxonalari faoliyatini statistik usullarda tahlil etish imkoniyatlarini oshirgan;
uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalaridagi tuzilmaviy o‘zgarishlarni statistik baholashning integral ko‘rsatkichlari asosida uslubiy jihatlarini kompleks statistik tahlil usullarini qo‘llash hisobiga takomillashtirish to‘g‘risidagi ilmiy yangilik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 apreldagi PQ-2922-son “2017-2021 yillarda ko‘p xonadonli uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 01/1–14–18–2–35 son ma’lumotnomasi va 2020 yil 9 iyundagi 46/1-son buyrug‘i). Natijada uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida analitik tahlilni kengaytirish, yuqori sifatli statistik axborotlar olish imkoniyatlari kengaygan; 
Toshkent shahri uy-joy kommunal xo‘jaligi korxonalarining istiqboldagi rivojlanishining o‘rta muddatli statistik prognoz ko‘rsatkichlari  O‘zbekiston Respublikasi davlat statistika qo‘mitasining  amaliy faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 01/1–14–18–2–35 son ma’lumotnomasi va 2020 yil 9 iyundagi 46/1-son buyrug‘i).Bu yirik shaharlar darajasida uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatishning istiqbolli yo‘nalishlarini hamda strategiyalarini belgilash imkonini beradi.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish