Xajimuratov Nizomjon Shukurullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Moliyaviy hisobot auditi metodologiyasini takomillashtirish»,
08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit”(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.DSc/Iqt279.
Ilmiy rahbar: Avlokulov Anvar Ziyadullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Dustmuratov Radjapbay Davlatboevich,iqtisodiyot fanlaridoktori, professor; Aliqulov Abdumo‘min Ismatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchitashkilot:Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi moliyaviy hisobot auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy axborotning sifat xususiyatlariga o‘rinlilik, ishonchli taqdim etishlik, qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtidalik va ma’lumotlarni tushunarliligi prinsiplarini kiritish asosida buxgalteriya hisobida moliyaviy hisobot ma’lumotlarining shaffofligini oshirish asoslangan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish va boshqa turdosh xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida auditorlar ishi sifatining ichki nazoratini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish taklif etilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalarini qo‘llash orqali umumiy qoidalar, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining tanlangan uslubi va ularni yoritib berish, ma’lumotlarni ochib berish hamda tahlil qilish bo‘limlarini kiritish asosida hisob siyosatining uslubiy jihatlari takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazishda nazorat muhiti va amallari, auditorlik riski, axborot va komunikatsiya tizimlari holatini aniqlash ishchi hujjatlarini kiritish orqali ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash taklif etilgan;
moliyaviy hisobotlarda muammoli moddalarni indikator va nazorat ko‘rsatkichlariga ajratish orqali auditorlik tekshiruvlari yakuni bo‘yicha riskni kamaytirish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Moliyaviy hisobot auditi metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
moliyaviy axborotning sifat xususiyatlariga o‘rinlilik, ishonchli taqdim etishlik, qiyoslanuvchanlik, tekshiruvchanlik, o‘z vaqtidalik va ma’lumotlarni tushunarliligi prinsiplarini kiritish borasidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan “Moliyaviy hisobotning konseptual asoslari”ning yangi tahririni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 29 noyabrdagi 06/17-01-37/853-3676-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida buxgalteriya hisobida moliyaviy hisobot ma’lumotlarining shaffofligini oshirish va tashqi foydalanuvchilarning oqilona qarorlar qabul qilish imkoniyati yaratilgan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazish va boshqa turdosh xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida auditorlar ishi sifatining ichki nazoratini xalqaro standartlar asosida amalga oshirishga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-677-sonli “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonunini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik Palatasining 2021 yil 25 martdagi 04/1-337-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida auditorlik tashkilotlarida auditorlar ishi sifatining ichki nazoratini takomillashtirish imkoniyati yaratilgan;
aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari qoidalarini qo‘llash orqali umumiy qoidalar, moliyaviy hisobot, buxgalteriya hisobining tanlangan uslubi va ularni yoritib berish, ma’lumotlarni ochib berish hamda tahlil qilish bo‘limlarini kiritish asosida hisob siyosatining uslubiy jihatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif “Toshkentdonmahsulotlari” AJda hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zdonmahsulot” AKning 2021 yil 18 fevraldagi 14-1-23/88-264-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi moliyaviy hisobot tuzishni oldindan rejalashtirish va byudjetni shakllantirish, hujjat aylanish jarayonini soddalashtirish va moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida tuzish hamda taqdim etish imkonini bergan;
moliyaviy hisobot auditini o‘tkazishda nazorat muhiti va amallari, auditorlik riski, axborot va komunikatsiya tizimlari holatini aniqlash ishchi hujjatlarini kiritish orqali ichki nazorat tizimi samaradorligini baholash bo‘yicha taklifdan O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan ichki nazorat tizimini baholash mezonlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2021 yil 15 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida nazorat riskining optimal qiymatini aniqlash, auditorlik riski va auditorlik tekshiruvlarida unumsiz xarajatlar kamayishiga erishilgan;
moliyaviy hisobotlarda muammoli moddalarni indikator va nazorat ko‘rsatkichlariga ajratish orqali auditorlik tekshiruvlari yakuni bo‘yicha riskni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalardan O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan “Auditorlik riskini baholash” nomli auditorlik tashkilotining ichki standartini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Auditorlar palatasining 2021 yil 15 fevraldagi 5-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida moliyaviy hisobotlarda xatoning kamayishi, axborotlar ishonchliligi oshishi va haqqoniy auditorlik xulosalari tuzilishiga erishilgan.