Abdusalomov Abdusamadjon Bahodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalari faoliyatida marketing axborot tizimlaridan samarali foydalanishning uslubiy jihatlari”,08.00.14 – Iqtisodiyotda axborot tizimlari va texnologiyalari (iqtisodiyoti fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2020.4.PhD/Iqt1521.
Ilmiy rahbar:G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti, DSc.29/30.12.2019.I.92.01.
Rasmiy opponentlar: Qo‘chqorov Toxir Safarovich, iqtisodiyot fanlari doktori,professor; Boboev Karimjon Nabijonovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamizda raqamli iqtisodiyotning shakllanib borishi sharoitida sug‘urta kompaniyalari biznes-jarayonlarini optimal tashkil qilish borasida marketing axborot tizimlaridan samarali foydalanishning texnologiyalari, mexanizmlari va uslubiy jihatlarini takomillashtirish hisoblanadi.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sug‘urta faoliyatining marketing axborot ta’minotini optimal shakl-lantirishning interaktiv usullari va sug‘urta bozoridagi mul`timediali ma’lumotlarni shaffof va tezkor yig‘ish hamda ularni qayta ishlashning tarmoqlashgan algoritmi ishlab chiqilgan;
marketing axborot tizimlaridan samarali foydalanish va uning tarkibiy jihatlarini optimal shakllantirish asoslab berilgan, sug‘urta mijozlarini axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash asosida ularga yuqori darajadagi xizmatlarni ko‘rsatish va sug‘urta ma’lumotlar bazasini raqamli texnologiyalar asosida tashkil qilish yondashuvlari taklif qilingan;
sug‘urta bozoriga kibersug‘urta mahsulotini olib kirish va sug‘urta kompaniyasining ishlab chiqarish quvvatlaridan kelib chiqqan holda ko‘pgina mijozlarni akkumlyasiya qilish hisobiga sof foyda miqdorini maksimal-lashtirish asoslangan;
sug‘urta kompaniyasi elektron xizmatlarining taqsimlangan boshqaruv axborot tizimi, yangi turdagi sug‘urta mahsulotlari korporativ veb-saytini tashkil qilishning raqamli texnologiyasi va elektron bozorga yangi sug‘urta xizmatlarini olib chiqish taklif qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘urta kompaniyalari faoliyatida marketing axborot tizimlaridan samarali foydalanish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta kompaniyalarida axborot ta’minotini optimal loyihalashtirish va ulardan samarali foydalanishni tashkil qilish oraqali marketing axborot resurslaridan samarali foydalanish texnologiyalari amaliyotga joriy qilingan(Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligining 2020 yil 24 dekabrdagi KT/16-02-32-18/1223-son, Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 01/5-17-10/2-47-sonva “Ishonch” SKning 2020yil 11 noyabrdagi 233/P-son ma’lumotnomalari).Katta hajmdagi sug‘urta axborotlarining doimiy ravishda ortib borishi sharoitida MATni optimal tashkil qilish natijasida 75,4 mln. so‘m miqdorida samaradorlikka erishilgan;
sug‘urta axborot tizimlarini loyihalashtirish, ishlab chiqish, joriy qilish va ulardan samarali foydalanish bosqichlarini qamrab olgan usullar, algoritm va texnologiyalar amaliyotga joriy qilingan(Moliya vazirligi huzuridagi sug‘ur-ta bozorini rivojlantirish Agentligining 2020 yil 24 dekabrdagi KT/16-02-32-18/1223-son, Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 01/5-17-10/2-47-sonva “Ishonch” SKning 2020 yil 11 noyabrdagi 233/P-son ma’lumotnomalari). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida tejab qolingan xarajatlar miqdori 51,9 mln. so‘mni tashkil qilgan;
sug‘urta masalalarini MATlari asosida optimal echish orqali sug‘urta bozorida sotuvlarni boshqarishning model va uslubiy jihatlari “Ishonch” sug‘urta kompaniyasidajoriy qilingan(Moliya vazirligi huzuridagi sug‘urta bozorini rivojlantirish Agentligining 24 dekabrdagi KT/16-02-32-18/1223-sonva “Ishonch” SKning2020yil 11 noyabrdagi 233/P-son ma’lumotnomalari). Ushbu yondashuvlarni joriy qilish asosida sug‘urta ma’lumotini tezkor qayta ishlash va ular negizida asosli boshqaruv bozor qarorlarini qabul qilish imkoniyatlari yaratilgan;
MATni sug‘urta faoliyatiga keng joriy qilish natijasida olinishi mumkin bo‘lgan iqtisodiy samaradorlikni hisoblash usullari va modellari amaliyotga joriy qilingan(Moliya vazirligi huzuridagi sug‘ur-ta bozorini rivojlantirish Agentligining 2020 yil 24 dekabrdagi KT/16-02-32-18/1223-son, Davlat statistika qo‘mitasining 2020 yil 28 dekabrdagi 01/5-17-10/2-47-sonva “Ishonch” SKning 2020yil 11 noyabrdagi 233/P-son ma’lumotnomalari). Ushbu usullar va modellarning amaliyotga joriy qilinishi natijasida iqtisodiy samaradorlikning turli ko‘rsatkichlari hisob-kitoblari amalga oshirilgan.