Xasanov Baxrom Baxodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘siq konstruksiyalar uchun ko‘mir chiqindilari asosidagi g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlarning xossalari va texnologik xususiyatlari», 05.09.05 – «Qurilish materiallari va buyumlari» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T831.
Ilmiy rahbar: Shakirov Tuygun Turgunovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Toshkent arxitektura-qurilish instituti» va «Namangan muhandislik-qurilish instituti».
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:Toshkent arxitektura-qurilishinstituti. DSc.26/30.12.2019.T.11.01
Rasmiy opponentlar: SoyVladimir Mixaylovich – texnika fanlari doktori, dotsent; Sattarov ZafarMuradovich – texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot:Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi to‘siq konstruksiyalar uchun ko‘mir chiqindilari asosidagi g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlarning xossalari va texnologik xususiyatlarini yaxshilash va energiya tejamkor turar-joy binolarida devorbop bloklarni qo‘llashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
yangi g‘ovak to‘ldiruvchili engil betonning fizik-mexanik xossalarini uning asosiy texnologik xususiyatlariga ta’siri aniqlangan;
kvarsli porfir va mahalliy xom ashyodan tayyorlangan g‘ovak to‘ldiruvchili engil beton xossalariga uchuvchan-kulning ta’sir qilish mexanizmi aniqlangan;
mahalliy xom ashyo va ko‘mir chiqindilari asosidagi g‘ovak to‘ldiruvchili engil betonning tarkibini optimallashtirish matematik modeli ishlab chiqilgan;
O‘zbekiston iqlimiy sharoitlarida turar-joy binolari uchun to‘siq konstruksiyalarda engil betonning fizik-mexanik va issiqlik-uzatish xususiyatlarining optimal tarkiblari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: “To‘siq konstruksiyalar uchun ko‘mir chiqindilari asosidagi g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlarning xossalari va texnologik xususiyatlari” bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uchuvchan kuldan foydalanibishlab chiqarilgan g‘ovak to‘ldiruvchili engil betonlarning tarkibi “Qurilishmateriallariinvest” MChJ da joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 25 martdagi 05/15-819-sonli ma’lumotnomasi). Natijada5-10 % sement sarfini tejash,suv talabchanligi 7-9% ga kamayish, engil betonning mustahkamligi 1,17 marta ortishiga erishilgan;
“Mahalliy xom ashyo va ko‘mir chiqindilari asosidagi g‘ovak to‘ldirgichli engil betonlarning optimal variantini tanlash” uchun EXM dasturi (DGU №07093) olingan va “Qurilishmateriallariinvest” MChJ da joriy qilingan(“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2021 yil 25 martdagi 05/15-819-sonli ma’lumotnomasi). Natijada talab etilgan o‘rtacha zichlik va mustahkamlikka ega bo‘lgan engil betonning tarkibini tanlash imkonini bergan.