Temirova Gulnoz Ibodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Tabiiy mo‘ynadan ayollar ustki kiyimini tayyorlash usulini yaratish”, 05.06.04 - «Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni» (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/T247 
Ilmiy rahbar: Tashpulatov Salix Shukurovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Nigmatova Fatima Usmanovna, texnika fanlari doktori, professor; Ismoilova Ra’no Muzaffarovna, texnika fanlari nomzodi; 
Yetakchi tashkilot:. Namangan muxandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi:  amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tabiiy mo‘ynadan ayollar ustki kiyimini tayyorlashning resurstejamkor usulini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
elim kompozisiyasidan foydalangan holda ustki kiyim tayyorlashda hosil bo‘lgan tabiiy mo‘yna qiyqimlarini biriktirishning resurstejamkor usuli yaratilgan;
turli shakldagi naqshlardan foydalangan holda badiiy bezash usullarini qo‘llab, ustki kiyim tayyorlashning ixchamlashtirilgan  yangi texnologiyasi yaratilgan;
charm sanoati chiqindisidan foydalanilgan holda kollagen asosli polimer kompozisiyasini yaratishning samarali usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy mo‘ynali tikuv buyumidan foydalanish sharoitidan (yozgi, qishgi, mavsumbop) kelib chiqib, fizik-mexanik, gigienik va boshqa xususiyatlarini moslashtirish bog‘liqligi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Resurstejamkor texnologiya asosida kollagen asosli polimer kompozisiyani qo‘llab tabiiy mo‘ynadan ayollar ustki kiyimini ishlab chiqarishning innovatsion yangi usulini yaratish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
tabiiy mo‘yna qiyqimlarini qo‘llagan holda tikuv buyumlarini ishlab chiqarishning innovatsion resurstejamkor usuliga Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk federal xizmatining  ixtiroga patenti olingan (RU 2705148, 2019 y.). Natijada tabiiy mo‘yna qiyimlarini biriktirishning yangi usuli ishlab chiqilgan;
tabiiy mo‘ynadan ayollar pal`tosini tayyorlashning innovatsion resurstejamkor texnologiyasiga Rossiya Federatsiyasining Intellektual mulk federal xizmatining sanoat namunasiga patenti olingan.( RU 118086, 2019 y.). Natijada ayollar ustki kiyimini tayyorlash uchun sarflanadigan vaqtning va mehnatning tejalishiga erishilgan;
qorako‘l mo‘ynasidan kiyim detallarini bichish jarayonida hosil bo‘ladigan mo‘yna qiyqimlarini navlash va ularni biriktirishning innovatsion usuli «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonada, jumladan «Mexovaya moda» MChJda tadbiq etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2019 yil 20 sentyabrdagi FB-7/2384-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijalarini ishlab chiqarishga joriy etilishi natijasida tabiiy mo‘ynadan ayollar ustki kiyimlariga ishlov berish texnologik jarayonining samaradorligi 75% gacha oshirish va mahsulot tannarxini 45% gacha kamaytirish imkoni yaratilgan;
innovatsion resurstejamkor texnologiya asosida tabiiy mo‘yna qiyqimlaridan tikuv buyumlarini ishlab chiqishning yaratilgan yangi  usuli  «O‘zcharmsanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonada, jumladan «Uzoq» MChJ korxonasida joriy etilgan («O‘zcharmsanoat» uyushmasining 2019 yil 20 sentyabrdagi FB-7/2384-son ma’lumotnomasi). Tadbiq etilishi natijasida tabiiy mo‘ynadan ayollar ustki kiyimlarini texnologik jarayonining samaradorligi 70% ga oshirish va mahsulot tannarxini 40% ga kamaytirishga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish