Sotvoldiev Dilshodbek Marifjonovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Shaxsning ko‘z tasviri asosida kasalliklarni aniqlash algoritmlari», 05.01.03 – Informatikaning nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T896. 
Ilmiy rahbar: Primova Xolida Anorboevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ilmiy-innovatsion markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi DSc.13/30.12.2019.T.07.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professer; Yusupov Ozod Rabbimovich texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘ramli neyron tarmog‘i va noravshan to‘plamlar nazariyasini qo‘llagan holda shaxsning ko‘z tubi old va yon ko‘rinishi qon tomiri tasviri asosida ko‘z kasalliklarini  tashxislash masalasini echish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
noravshan  to‘plamlar nazariyasidagi fazzifikatsiya va defazzifikatsiya operatori yordamida tasvirlar ustida bajariladigan morfologik  dilatatsiya va eroziya amallari takomillashtirilgan;
shaxsning ko‘z tubi old ko‘rinishi qon tomiri tasviri parametrlarini aniqlash asosida turli xil qandli diabet, gipertonik, arterial gipertenziya va boshqa kasalliklarni tashxislash algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘z kasalliklarini  tashxislash masalasini echishning o‘ramli neyron tarmog‘i arxitekturasi va algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘z tubi yon  ko‘rinishi qon tomiri tasviri asosida ko‘z kasalliklarini aniqlash algoritmi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya ishining asosiy ilmiy natijalari quyidagi ob’ektlarga joriy qilingan: 
qon tomirlari tasvirlaridagi tashxisiy jihatdan ahamiyatli ma’lumotlarni ajratish uslubiyati  Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filialiga, Andijon shahar tibbiyot birlashmasiga, Andijon viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga, Andijon viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasiga hamda Andijon viloyati oftal`mologiya shifoxonasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 maydagi 8-7-10/686-son ma’lumotnomasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining 2021 yil 09 fevralgi 33-8/931-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida  ko‘z tubi tasvirlari yordamida ko‘z kasalliklarini tashxislash aniqligini o‘rtacha 15%ga oshirish imkonini bergan;
o‘ramli neyron tarmog‘i asosida qon tomirlari kasalliklarini tashxislashning kompyuter tizimlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Farg‘ona filialiga, Farg‘ona shahar tibbiyot birlashmasiga, va Farg‘ona viloyati oftal`mologiya shifoxonasiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 07 maydagi    8-7-10/686-son ma’lumotnomasi va Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish Vazirligining 2021 yil 09 fevraldagi 33-8/931-son ma’lumotnomasi).  Ilmiy tadqiqot natijasida ko‘z tubi patologik ko‘rinishi asosida  kasalliklarni  tashxislash aniqligini o‘rtacha 15%ga oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish