Galimova Zulfiya Kamilovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Osenka vliyaniya teksturnix xarakteristik bumagi s dobavleniem vtorichnix volokon na kachestvo pechatnoy produksii”, 05.02.03 – Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnik tizimlari” (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2018.2.PhD/T735
Ilmiy rahbar: Babaxanova Xalima Abishevna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01
Rasmiy opponentlar: Shin Illarion Georgievich, texnika fanlari doktori, professor; Primkulov Maxmud Temurovich, texnika fanlari doktorm, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ikkilamchi tolalar asosidagi qog‘oz ishlab chiqarish texnologiyani takomillashtirish va qog‘oz tekstura tavsifnoma-larining bosma mahsulot sifatiga ta’sirini baholash va asoslashdan iborat.
III. Ilmiy yangiligi:
tut novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlamidan olingan sellyulozadan foydalangan holda qog‘oz olishning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan;
kompozision tarkib va quyish parametrlarini tut novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlamidan olingan sellyuloza massasi qo‘shilgan qog‘ozlarning fizik-mexanik va tekstura xossalariga ta’sir bog‘lanishlari aniqlangan;
qog‘oz tayyorlash uchun paxta sellyulozasi (PS) va tut novdasi po‘stlog‘ining ichki qatlamidan olingan sellyuloza massasi (TS) asosida qog‘oz yuzasi mikrogeometriyasining sozlanishiga xizmat qiluvchi optimal tarkib aniqlangan;
kompozision tarkib va qog‘oz ishlab chiqarish texnologik jarayoni parametrlariga bog‘liq holda tekstura tavsifnomalarini boshqarish uchun matematik bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ikkilamchi tolalarni qo‘shib yangi tarkibli qog‘oz olish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
paxta va qizilmiya sellyulozasi qo‘shgan holda qog‘oz olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 04981). Natijada mahalliy xomashyodan qog‘oz olish usulini joriy qilish respublikada qog‘oz ishlab chiqarish hajmining 6-8% ga ortishiga erishilgan;
ikkilamchi xomashyo tolalaridan qog‘oz va qog‘oz mahsulotlarining sinov-ishlab chiqarish partiyasi uchun texnik reglamenti XS «JUHALQALIN-QOG’OZ» MChJ korxonasida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining 2021 yil 12 apreldagi 06-1576-son ma’lumotnomasi). Natijada tajribaviy qog‘ozlarda ko‘p bo‘yoqli nusxalar olinganligiga hamda purkashli bosma sifatini baholash uchun bosma nusxalarning gradatsion va rang tavsifnomalari yaxshilashga erishilgan.