Tashmetova Gulchexra Talipovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yirik sanoat axolisi orasida O‘SOKni barvaqt tashxislash va rivojlanishini oldini olishga yondoshuvni takomillashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib467.
Ilmiy raxbar: Liverko Irina Vladimirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Sadikova Gulora Abrarovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: yirik sanoat markazi axolisi orasida o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligini barvaqt tashxislash va rivojlanishini oldini olishga yondoshuvni takomillashtirishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘SOKning tarqalishi va barvaqt tashxislashda ijobiy skrining funksional testlar  bilan respirator simptomlar orasida uzviy bog‘liqlik aniqlangan;
O‘SOK fenotipik ko‘rinishlarining mahalliy va tizimli immun reaksiyalar immunobiologik belgilariga bog‘liqligi isbotlangan;
immunologik muvozanat va spesifik o‘pka antitelolar darajasining o‘zgarishi kasallikning bronxitikdan emfizematoz fenotipga o‘tishining oraliq bosqichi sifatida asoslangan;
klinik va morfo-funksional fenotipik tashxislash mezonlari asosida O‘SOKning personallashgan bazis davosi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yirik sanoat markazi axolisi orasida O‘SOKni barvaqt tashxislash va rivojlanishini oldini olishga yondoshuvni takomillashtirish  bo‘yicha olingan natijalar asosida:
O‘SOK bilan kasallangan bemorlarni differensirlangan yuritish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "O‘SOK bilan kasallangan bemorlarni differensirlangan yuritish algoritmi" nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 12 martdagi 8n-d/51-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma O‘SOK bilan kasallangan bemorlarning hayot sifatini oshishini ta’minlab, erta tashxis qo‘yish va differensirlangan yuritishni takomillashtirish imkonini bergan;
O‘SOK bilan kasallangan bemorlarni differensirlangan yuritishni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash tizimiga, jumladan,  Toshkent shahrining Yashnobod tumani markaziy poliklinikasi, Toshkent viloyati, Toshkent tumani tuman tibbiy birlashmasining amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 apereldagi 8n-z/66-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi O‘SOK rivojlanishinig profilaktikasini optimallashtirish, residivlar xavfini va xurujlar sonini kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish