Sekler Dildora Erkinovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Host-omillarning OIV/OITS va virusli gepatit C kasalliklarining rivojlanishi hamda  virusga qarshi davolashdagi ahamiyati»,  03.00.04 – Mikrobiologiya va virusologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3DSc/Tib387.
Ilmiy maslahatchi: Tadjiev Botir Mirxashimovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Shadmanova Nargiza Abitovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Brayn Makmaxon, MD, PhD, professor (AQSh).
Yetakchi tashkilot: Federal tibbiy biologik agentligining «Bolalar ilmiy-klinik yuqumli kasalliklari markazi» (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Host-omillarning OIV/OITS va virusli gepatit C kasalliklarining rivojlanishi hamda virusga qarshi davolash samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
OIV/OITS bilan kasallangan bemorlarda PRMT6, SOX5, 35-HLA-C, HCP5 va CCL3 genlardagi bir nukleotidli mutatsiyalar sababli kasallikning rivojlanishi isbotlangan;
o‘zbek populyasiyasi uchun ahamiyatli bo‘lgan I-sinfga mansub HLA molekulalarining antigenlari OIV/OITS kasalligining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omil sifatida asoslangan;
virusli gepatit S yuqtirganlarda kasallikdan o‘z-o‘zidan xalos bo‘lish va interferon bilan davolashning virusga qarshi samaradorligini bashoratlash IFN-λ3/rs12979860 va IFN-λ4/ss469415590 polimorfizmi sababli bo‘lishi, hamda o‘rtasidagi bog‘liqligi isbotlangan; 
o‘zbek populyasiyasida virusli gepatit S yuqtirganlar o‘rtasida virusga qarshi chidamlilik bilan SNP rs5443/CC genotipining mavjudligi orasidagi bog‘liqlik asoslangan;
OIV yuqtirganlarda kasallik rivojlanishi va VGS bilan kasallangan bemorlarda SNP genotiplarini aniqlash asosida virusga qarshi davolash samaradorligini bashoratlash tizimi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Host-omillarning OIV/OITS va virusli gepatit C kasalliklarining rivojlanishi hamda  virusga qarshi davolashdagi ahamiyatini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
bemorlarda virusli gepatit S ni davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Virusli gepatit S ni interferon bilan davolash samaradorligini bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 8n-r/642-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma VGS ni  etiotrop davolashni qo‘llash, shuningdek erta tashxislashni axborotlash va oldini olishning samarali amalga oshirish imkonini bergan;
bemorlarda OIV-infeksiyasini erta tashxislash va klinik-laborator kechishini bashorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «OIV/OITS kasalligining rivojlanishini bashoratlash usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 dekabrdagi 8n-r/643-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma OIV-infeksiyasini tashxislash sifatini oshirishga, rivojlanishini bashoratlash hisobiga o‘lim holatlarini kamaytirish imkonini bergan;
bemorlarda virusli gepatit S ni davolash usullarini takomillashtirish hamda OIV-infeksiyasini erta tashxislash va klinik-laborator kechishini bashorat qilish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi  va «Vitros Diagnostics» xususiy diagnostik laboratoriyalari amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 3 iyundagi 8-4/5287-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi OIV-infeksiyasi va VGS kasalligini kechishini bashoratlash, erta tashxislash va davolashda qiyosiy yondashuv hisobiga o‘tkazilayotgan virusga qarshi davolash samaradorligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish