Rosstal`naya Alla Leont`evnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi hakida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensiv terapiyasida respirator yordamni optimallashtirish», 14.00.37 - Anesteziologiya va reanimatologiya (tibbiyot fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib153.
Ilmiy raxbar: Sabirov Djuraboy Ma’rifbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Matlubov Mansur Muratovich, tibbiyot fanlari doktori, Kim Yon-Din, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi “Federal reanimatologiya va reabilitologiya ilmiy-klinik markazi” (Rossiya Federatsiyasi, Moskva). 
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotining maqsadi: izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarga yuqori chastotali oqimli o‘pkani sun’iy ventilyasiyasini qo‘llash bilan respirator yordam natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
birinchi marta izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensivterapiyasida yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasini namlash, qizdirish va kapnometriya bilan qo‘llash imkoniyati ochib berilgan;
birinchi marta izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarda yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasini an’anaviy o‘pka sun’iy ventilyasiyasi bilan birgalikda qo‘llaganda gaz almashinuvi, nafas olish darajasi hamda bosh miya qon oqimiga va miya ichi bosimi pasaishi, arterial qondagi kislorod miqdorining ortishi, ya’ni oksigenatsiya jarayoniga ijobiy ta’sir darajasi korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan;
sun’iy o‘pka ventilyasiyasining respirator yordam amalga oshirish davomiyligi hamda izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarning sun’iy nafas olish muddati qisqartirib, miya ichi bosimini ortishi oldini olish bilan birgalikda jonlantirish bo‘limida qolish muddati qisqartirish doirasi ilmiy asoslar bilan birgalikda ochib berilgan;
o‘pka sun’iy ventilyasiyasida qon oksigenatsiyasi va miya ichi bosimi parametrlarining kritik ko‘rsatkichlari izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohatida bemorlar uchun respirator yordam algoritmi natijalari asosida yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasi va o‘pka sun’iy ventilyasiyasi bilan birgalikda qo‘llash samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensiv terapiyasida respirator yordamni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensiv terapiyasida respirator yordamni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Yuqori chastotali sun’iy o‘pka ventilyasiyasi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 18 apreldagi 8n–r/60–son ma’lumotnomasi). Natijada bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlarda respirator yordamni har tomonlama baholash va korreksiyalash imkonini bergan;
izolyasiyalangan og‘ir bosh miya jarohati bo‘lgan bemorlar intensiv terapiyasida respirator yordamni optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar filiali, Milliy xavfsizlik xizmati harbiy gospitali amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n–d/1-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi bosh miya jarohatlari bo‘lgan bemorlarda respirator yordamni har tomonlama baholash va korreksiyalash, ishlab chiqilgan algoritm asosida yuqori chastotali oqimli o‘pka sun’iy ventilyasiyasidan foydalanish intensiv terapiyaning umumiy natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bemorlar guruhidagi Glazgo shkalasi natijasi ko‘rsatkichlari yuqoriligi, nafas olishni qo‘llab-quvvatlash vaqtining 2,25±1,2 kunga va reanimatsiya bo‘limidagi vaqtni 2,6±0,8 kunga kamayishi, algoritmdan foydalanganda I guruhdagi ijobiy natijalarga ega bemorlarning soni 15,79% ga yuqoriligi, o‘lim darajasi an’anaviy o‘pka sun’iy ventilyasiya guruhidagi 35,5%ga nisbatan 25%gacha kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish