Vays Elena Vladimirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Alcea nudiflora, Vitis viniferadan olingan poliprenollarning organizmdagi regenerator jarayonlarga ta’sirini farmakologik baholash», 14.00.17 –Farmakologiya va klinik farmakologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/Tib1035.
Ilmiy rahbar: Sirov Vladimir Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik S.Yu.Yunusov nomidagi o‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Daminova Lola Turgunpulatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xakimov Ziyoviddin Zaynitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Alcea nudiflora va Vitis vinifera (mahalliy o‘simlik homashyosi) barglaridan ajratib olingan poliprenollarning organizmdagi regenerator jarayonlarning kechishiga ta’siri va ularni amaliy tibbiyotda qo‘llash imkoniyatlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Alcea nudiflora va Vitis viniferadan ajratilgan poliprenollar tashqi qo‘llaganda (per sutan) tajribaviy quyon, kalamush va sichqonlardan terisidagi jarohatlar, trofik yaralar va termik kuyishlarning bitishi tezlashishi isbotlangan;
poliprenollar ichga qo‘llanilganda (per os) oshqozon yarasini tez bitishiga yordam berishi, jigarning toksik zararlanishida qo‘llanilganda esa undagi regenerativ-tiklanish jarayonlarga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan;
benzol bilan chaqirilgan leykopeniyani leykopoezni rag‘batlantirish yo‘li bilan, radioaktiv nurlanish ta’sirida yuzaga keltirilgan sust immun reaksiyali holatni esa organizmning immunologik qobiliyatini kuchaytirish orqali tiklashi isbotlangan;
poliprenollarning hujayrani energetik holatini yaxshilashi hamda lipidlarning pereoksidli oksidlanish jarayonlarini ingibirlashi natijasida oqsil sintezini kuchayishi va uglevod almashinuvini tezlashishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Poliprenollarni o‘rganish asosida prenalon va vitaprenol kuchli regenerativ ta’sirga ega bo‘lgan potensial vosita sifatida baholash orqali uning farmako-toksikologik xususiyatlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
poliprenol asosida mahalliy mahsulotlar yordamida tanadagi regenerativ va tiklanish jarayonlarni rag‘batlantiruvchi davolash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan "Poliprenol asosida mahalliy mahsulotlar yordamida tanadagi regenerativ va tiklanish jarayonlarni rag‘batlantiruvchi davolash chora-tadbirlar usuli» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-r/378-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma teridagi turli hil jarohatlar, trofik yaralar, kuyishlar, oshqozon shilliq qavatining destruktiv hosilalari, leykopeniya, radiatsion ta’sir oqibatlari va toksik gepatitni davolashda poliprenollardan foydalanish imkonini bergan;
Alcea nudiflora va Vitis viniferadan ajratilgan poliprenollarning organizmdagi regenerativ jarayonlarga ta’sirini farmakologik baholash bo‘yicha olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan Toshkent tibbiyot akademiyasi va Toshkent farmatsevtika institutining markaziy ilmiy tadqiqot laboratoriyalarini amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 5 fevraldagi 8n-z/29-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi davolanish jarayonining davomiyligini qisqartirish va uning samaradorligini oshirish, hamda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar sonini kamaytirish imkonini bergan.