Mardanov Husniddin Xolbazarovichning

dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: «G‘o‘zaning seleksion-genetik ashyolarini garmselga bardoshligini baholash va amaliy seleksiyaga tavsiya etish»,  06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx5.

Ilmiy-tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.

Ilmiy rahbar: Raxmonqulov Saidakbar, biologiya fanlari doktori, professor.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: «Istiqlol-14» g‘o‘za navi, № NAR 00134–2016 y.

O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2017 yil 7 iyuldagi 02-08/1742-son xulosasi.

II. Tadqiqotning maqsadi: garmselga bardoshli, yuqori tola sifatiga hamda xo‘jalik uchun qimmatli belgilarning ijobiy majmuasiga ega bo‘lgan g‘o‘za navini yaratish, genetik-seleksion tadqiqotlarga boshlang‘ich ashyo sifatida tavsiya etish hamda  ishlab chiqarishga keng maydonlarda joriy etishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ilk bor rayonlashgan, istiqbolli va yangi g‘o‘za navlari hamda tizmalarining qimmatli xo‘jalik belgilariga garmselning salbiy ta’siri ularning genotipiga bog‘liq ravishda yuz berishi aniqlangan;

garmsel va yuqori harorat g‘o‘za navlarida hosil shohlari va ko‘saklar sonining kamayishi, bosh poya o‘sishining sekinlashishi hamda hosildorlik kabi belgilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi bilan bir vaqtda navlarning irsiy jihatdan erta, o‘rta va kechpisharligiga bog‘liq ravishda o‘simliklarning nisbatan tez «qarishi»ga, ya’ni pishishini 2–7 kungacha jadallashishiga olib kelish sabablari aniqlangan;

g‘o‘za navlari va tizmalarining miqdoriy ko‘rsatkichlariga garmselning salbiy ta’siri «gullash-ko‘saklash» fazasida nisbatan yuqori bo‘lishi, bir dona ko‘sakdagi paxta vazniga o‘simlikning o‘rta va yuqori yaruslarida kuchli bo‘lishi aniqlangan;

garmselga moyil mintaqalarda etishtirilgan Istiqlol-14 g‘o‘za navida garmsel, o‘ta quruq va yuqori harorat ta’sirida «gullash-ko‘saklash» davri jadallashishi, ya’ni navning «yashirin» irsiy imkoniyatlari namoyon bo‘lishi natijasida «50% unib chiqish– 50% pishish davri» tezlashishi aniqlangan.

qimmatli-xo‘jalik belgilarning majmuasi bo‘yicha garmsel sharoitiga bardoshlilikni namoyon etgan g‘o‘za navlaridan garmselga bardoshli g‘o‘za navlari borasidagi seleksion-genetik izlanishlarda boshlang‘ich ashyo sifatida foydalanish mumkinligi aniqlangan;

garmsel sharoitida 90-100 ming tup/ga. ko‘chat qalinligi va 1-2-1 tizimida sug‘orish orqali ertapishar, garmselga irsiy jihatdan bardoshli  bo‘lgan Istiqlol-14 g‘o‘za navidan hosil elementlarining ko‘p saqlanib qolishi evaziga yuqori hosil (40,0 s/ga) olish mumkinligi tasdiqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish